Янгиликлар
29
REFERENDUM YUZASIDAN O’TKAZILAYOTGAN TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA! YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA
Joriy yilning 29-mart kuni Pop tuman adliya boʻlimi targ’ibot guruhi xodimlari tomonidan Pop tuman ko’p tarmoqli markaziy poliklinikasi ishchi va xodimlari ishtirokida "O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to`g`risida"gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi, Referendum o`tkazish tartibi va muddatlarini tushuntirish yuzasidan targ’ibot tadbiri o’tkazildi.Tadbir davomida referendum o'tkazish tartibi batafsil tushuntirilib,yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasida o’z aksini topgan inson huquq va erkinliklari, ta'lim , sog‘liqni saqlash, gender tenglik,hususan, ayollarga berilayotgan imtiyozlar, uy-joyga nisbatan mulk huquqi, erkin harakatlanish kabi huquqlar bilan to‘ldirilayotganligi alohida ta'kidlandi.
Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga to'liq va asoslantirilgan javoblar berib o'tildi.