Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Yangilanayotgan Konstitutsiya - marralarimizning xuquqiy poydevori


Bugun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Temirov, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Valiyeva hamkorligida tumandagi 5-maktab faollar zalida Yangi Oʻzbekistonning yangilanyotgan Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati yuzasidan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda 5 va 7-sonli maktablarning pedagog va xodimlari hamda saylov yoshiga yetgan oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Bosh qomusimizga kiritilayotgan oʻzgartishlarning mazmun-mohiyati, taʼlim rivojiga doir muhim jihatlar xususida maʼlumotlar berildi.

Asosiy Qonunimiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yoʻlida qoʻlga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning xuquqiy poydevori – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligi taʼkidlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mamlakatimizning yangi tahrirdagi “Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi, ushbu Qonun umumxalq referendumida ovozga qoʻyilishi va ana shu Referendum joriy yilning 30-aprel, yakshanba kuniga belgilanganligi va unda har birimiz ishtirok etib oʻz fuqarolik burchimizni bajarmogʻimiz lozimligi alohida qayd etib oʻtildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan maʼruzachilardan atroflicha javoblar oldilar.