Янгиликлар
30
REFERENDUM BOʻYICHA QONUNCHILIK TARG‘IBOTI DAVOM ETMOQDA!
Navbatdagi manzil - "IES" AJ "To‘raqo‘rg‘on IES" filiali 30 Yong‘in o‘chirish otryadi

Joriy yilning 30-mart kuni To'raqo'rg'on tuman adliya boʻlimi ishchi guruhi xodimlari tomonidan tuman "IES" AJ "To‘raqo‘rg‘on IES" filiali 30 Yong‘in o‘chirish otryadi tizimi rahbar va boshqa xodimlari ishtirokida "Referendum" bo'yicha targʻiboti tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida dastlab referendum o'tkazish tartibi batafsil tushuntirildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida atroflicha tushuntirishlar ishlari olib borildi. Xususan, unda inson huquq va erkinliklari sezilarli darajada kengayotganligi, ta'lim, ekologik huquqlar, sog‘liqni saqlash, gender tenglik, erkin harakatlanish kabi huquqlari alohida ta'kidlandi
"Referendum"da har bir fuqaroning shaxsan o‘zi ishtirok etishi orqali o'z siyosiy irodasini namoyon qilish huquqi mavjudligi aytib o'tildi