Янгиликлар
30
QONUNCHILIK TARG‘IBOTI DAVOM ETMOQDA
Joriy yilning 30-mart kuni Yangi Namangan tuman adliya boʻlimi ishchi guruhi xodimlari tomonidan tuman Xalq ta‘limi bo‘limiga qarashlik 35-son umum ta'lim maktabida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonuni
hamda joriy yilninh 30-aprel kuni o‘tkazilishi belgilangan “Referendum” bo‘yicha targʻiboti tadbiri oʻtkazildi.Tadbir jarayonida Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, inson huquq va erkinliklari sezilarli darajada kengaytirilayotganligi ta’kidlandi. Xususan, konstitutsiyaviy huquqlar doirasi ta’lim, ekologik huquqlar, sog‘liqni saqlash, gender tenglik, erkin harakatlanish kabi huquqlar bilan to‘ldirilayotganligi aytib o‘tildi.
Tinglovchilar konstitutsiyaviy islohotlar va referendumga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi