Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Fuqaroning 5 yil oldin buzligan huquqi adliya aralashgacha tiklandi


Yangiqo‘rg‘on tumani Sutlibuloq MFY Yoshlik ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro I.M.ning «Mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi sababli, ishga tiklanishda amaliy yordam so‘rab» qilgan murojaati bo'lim tomonidan o'rganib chiqilganda quyidagilar aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi «O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2857-son Qarorida qishloq vrachlik punktlarining yuridik shaxs maqomini tugatish va ularga moliyaviy-buxgalterlik xizmati ko‘rsatishni tegishli tuman tibbiyot birlashmalari zimmasiga yuklash belgilanganligi sababli, Ittifoq qishloq vrachlik punkiti yuridik maqomi tugatilib, tuman tibbiyot birlashmasiga o‘tkazilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 98-moddasida (Korxona mulkdori almashgan, korxona qayta tashkil etilgan, idoraviy bo‘ysunuvi o‘zgargan hollarda mehnat shartnomasi amal qilishining davom etishi) Korxona mulkdori almashganda, xuddi shuningdek korxona qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborilgan, birlashtirilgan, bo‘lib yuborilgan, qayta tuzilgan, ajratilganda) mehnat munosabatlari xodimning roziligi bilan davom etaveradi. Yangi mulkdor korxonaning rahbari uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir (100- modda ikkinchi qismining 6-bandi). Korxonaning boshqa xodimlari bilan esa, mehnat shartnomasi qonunchilikka muvofiq holda bekor qilinishi mumkin. Korxonaning bir organ bo‘ysunuvidan boshqa organ bo‘ysunuviga o‘tkazilishi mehnat shartnomasining amal qilishini to‘xtatmasligi belgilangan. Biroq, Ittifoq qishloq vrachlik punkiti yuridik maqomi tugatilganligi sababli, xodimlar Mehnat kodeksining 100-moddasi (Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish) 1-qismi 1-bandi talablarida kelib chiqib, ya’ni texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan mehnat shartnomalari bekor qilingan. Bundan tashqari, M.Ikramova Ittifoq qishloq vrachlik punkiti yuridik maqomi tugatilib tuman tibbiyot birlashmasiga o‘tkazilgan vaqtda homiladorlik va tug‘ish ta’tilida bo‘lganligi aniqlandi. Shuningdek, Mehnat kodeksining 237-moddasida (Homilador va bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishdagi kafolatlar) Homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi. Mazkur ayollarni ishga joylashtirishni mahalliy mehnat organi ularni ishga joylashtirish davrida qonunchilikda belgilangan tegishli ijtimoiy to‘lovlar bilan ta’minlagan holda amalga oshiradi. Muddati tugaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham ish beruvchi ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan ayollarni ishga joylashtirishi shart. Ishga joylashtirish davrida bu ayollarning ish haqi 3 saqlanib qoladi, biroq bu muhlat muddatli mehnat shartnomasi tugagan kundan boshlab uch oydan oshmasligi kerakligi belgilangan. Biroq, Ittifoq qishloq vrachlik punkti mansabdor shaxlari M.Ikramovani boshqa ish bilan ta’minlamasdan mehnat shartnomasini №32-sonli buyruq bilan bekor qilganligi ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, Mehnat shartnomasini bekor qilish davomida bir qator xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan, jumladan Mehnat kodeksining 108-moddasida (Mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berish) Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi xodimga uning mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berishi shartligi belgilanganligi qaramasdan fuqaro I.Mga mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq berilmaganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan ishga tiklash yuzasidan Fuqarolik ishlari bo'yicha Yangiqo'rg'on tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritilishi natijasida taraflar kelishuvi bilan mazkur fuqaro ish bilan ta'minlanadigan bo'ldi.

Yangiqo'rg'on tuman adliya bo'limi