Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan mehnat shartnomasi qanday tuziladi?


Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida “ Qonuni 2022-yil 8-avgustda qabul qilingan boʻlib, shu yilning 10-noyabr oyidan kuchga kirdi.

Qonun kimlarga qoʻllaniladi?

Davlat fuqarolik xizmati deganda “davlat xizmatining bir turi, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining davlat fuqarolik xizmati lavozimlaridagi davlat organlari vakolatlari amalga oshirilishini taʼminlashga doir haq toʻlanadigan kasbiy faoliyati tushiniladi”.

Qonunning amal qilishi Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestriga kiritilgan lavozimlardagi davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi.

U prezident, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi hamda boshqa mahalliy davlat hokimiyat organlari deputatlari, yuqori va quyi palatalar devonlari xodimlari, Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari, sudyalar va sud tizimi xodimlari, Markaziy bank boshqaruvi aʼzolari, prokuratura, ichki ishlar, mudofaa ishlari, favqulodda vaziyatlar, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qoʻmitasi va DXX organlarida xizmat qilayotganlar, shu jumladan, harbiy xizmatchilar, qolaversa, davlat organlarining texnik, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish xodimlarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.


Ushbu qonunga muvofiq, davlat boshqaruvi tizimida davlat fuqarolik xizmatchilarining lavozimlari “siyosiy, boshqaruv, yordamchi” guruhlarga boʻlinadi. Yaʼni davlat fuqarolik xizmatchilarining “siyosiy” guruxiga- vazir, rais, direktor va boshqa, “boshqaruv” guruxiga-departament, boshqarma va boʻlim boshliqlari xamda “yordamchi” guruxiga-mutaxassis, inspektor va konsultantlar kiritiladi.


Davlat fuqarolik xizmatiga kirayotgan shaxs bilan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligi asosida muayyan yoki nomuayyan muddatga yozma shaklda tuziladi.

Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi tuzilmaydi. Boshqaruv xamda yordamchi lavozimida ishlovchi davlat xizmatchilari bilan mexnat shartnomasi tuziladi.

Mehnat shartnomasida davlat fuqarolik xizmatini oʻtashning asoslari va shartlari, davlat fuqarolik xizmatchisining huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligi, davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar, shuningdek uni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilishga taalluqli qoidalar koʻrsatiladi.

Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga doir namunaviy talablar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.

Ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solishning yagona amaliyotini joriy qilish hamda inson resurslarini boshqarish boʻlinmalari xizmatda foydalanishi uchun “Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasining Namunaviy shakli” ham tayyorlandi.

“Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Namunaviy talablar 2023-yil 13-yanvar kuni Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazildi

Hujjatga muvofiq:

1) davlat xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasida aks ettiriladigan 21 ta majburiy (davlat xizmatining hususiyati, davlat xizmati bilan bogʻliq cheklovlar, ish rejimi xususiyatlari va boshqalar) va 9 ta qoʻshimcha (sinov muddati, maʼlumotlarni oshkor etmaslik talabi) shartlar roʻyxati tasdiqlanmoqda;

1)                davlat fuqarolik xizmatiga kirayotgan shaxs bilan mehnat shartnomasi 3 yildan ortiq boʻlmagan yoki nomuayyan muddatga yozma shaklda tuziladi;

2)                davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi tuzilmaydi.

 

Mehnat shartnomasining mazmuniga:

- davlat fuqarolik xizmatchisining holatini davlat fuqarolik xizmati va mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka nisbatan yomonlashtiradigan;

-kamsitishni taqiqlash toʻgʻrisidagi talablarni buzadigan;

-majburiy mehnatni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;

-davlat fuqarolik xizmatchisini qonunga xilof harakatlarni yoki ham davlat fuqarolik xizmatchisining, ham boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar kiritilgan boʻlsa, ular haqiqiy boʻlmaydi.

 

“Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Namunaviy talablar 30.04.2023-yildan kuchga kiradi.

 

Davlatobod tuman adliya boʻlimining
yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuritkonsulti
Ubaydullayeva Malika Maxmudjanovna