Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Xotin-qizlarning Oliy taʼlim muassasalarida o‘qishi uchun imtiyozlar mavjud


O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 07 mart kuni “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 87-sonli Farmoni tasdiqlandi. Mazkur Farmonga ko‘ra, xotin-qizlarga bir qator imtiyozlar berish yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, 2022 yil 1 sentabrdan boshlab Oliy Taʼlim Muassasalarida texnikum va kollejlarda, sirtqi va kechki taʼlimda o‘qiyotgan xotin-qizlar kontraktlarini to‘lash uchun 7 yilgacha foizsiz kredit berish yo‘lga qo‘yildi.

Har yili 2,100 ming nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, jumladan, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning taʼlim kontraktlari mahalliy byudjetdan to‘lab beriladi.

Shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlar har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat OTMlariga umumiy kvotadan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. Davlat ilmiy tashkilotlari yoki OTM doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib boriladi.