Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Muammolar "Sayyor qabul" orqali yechimini topadi(mi?)


Joriy yilning 9-mart kuni Namangan viloyati adliya bo‘limlari tomonidan har bir mahalla hududidagi aholini qiynab kelayotgan huquqiy masalalarini hal etish uchun an'anaga aylanib ulgurgan "Sayyor qabul"lar o‘tkazildi.
Inson manfaatlarini ta’minlash uchun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish alohida ahamiyat kasb etadi. Aholini ijtimoiy himoya qilish, yoshlar va ayollarga ijtimoiy, huquqiy yordam maqsadida har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “Sayyor qabul” tadbirlari amalga oshirilayotgani ko’p yillardan buyon yechimini kutayotgan muammo va masalalarini qonuniy hal etilmoqda.
Oʻtkazilgan sayyor qabul davomida qariyb 200 nafarga yaqin fuqaro qatnashgan boʻlsa, ularning 170 nafariga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 10 nafar fuqarolarning murojaatiga joyida yechim topildi 20 ga yaqin murojaatlar qoʻshimcha oʻrganish talab etgani sababli, adliya boʻlimi ish yurituviga olindi.
Shuningdek, qabul doirasida tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan aholiga “Sayyor xizmat” koʻrsatilmoqda.
Oʻtkazilayotgan bu kabi qabullar nafaqat aholi muammolarini oʻrganish, balki ishtirokchilarni qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilish imkonini ham bermoqda.