Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

“2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–57-son, 16.02.2023-y.) mazmun-mohiyati va ahamiyati


I. Qarorning maqsadi
Ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi qoplanishini taʼminlash, bu boradagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda investorlar uchun qulay sharoitlar va ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy qilishdan iborat.
II. Qarorning mazmun-mohiyati
2023-yilda umumiy 4 300 MVt qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishga tushiriladi, shundan:
• 2 100 MVt – quyosh va shamol elektr stansiyalari;
• 1 200 MVt – bino va inshootlar va xonadonlarda oʻrnatiladigan quyosh panellari;
• 550 MVt – tadbirkorlar quradigan kichik fotoelektr stansiyalari.
Shuningdek, 2023-yilda:
• davlat-xususiy sheriklik asosida 27 ta yirik quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalari quriladi;
• 20 mingta ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari oʻrnatiladi;
• jami 11 ming nafar tadbirkorning bino va inshootlarida quyosh panellari oʻrnatiladi hamda kichik fotoelektr stansiyalari quriladi;
• 37 ming aholi xonadonlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari oʻrnatiladi;
• foydalanishga topshiriladigan 765 ta koʻp qavatli uylar qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan taʼminlanadi;
• hududlarda 103 ta kichik va mikro gidroelektrstansiyalar barpo etiladi;
• 5 407 ta ijtimoiy soha obyektlari koʻmir bilan isitiladi.
2023-yil 1-apreldan respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini oʻrnatishni ragʻbatlantirish boʻyicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.
Dastur doirasida:
• quyosh panellari orqali olingan aholi ehtiyojidan ortiq elektrning har bir kv/sga 1 000 soʻmdan subsidiya beriladi;
• subsidiya daromad soligʻiga tortilmaydi;
• subsidiya har oyda “Soliq” mobil ilovasi orqali plastik kartaga oʻtkaziladi.
Quyosh panellarini oʻrnatish boʻyicha MCHJ shaklidagi “Yashil energiya” kompaniyasi tashkil etildi.
2023-yil 1-apreldan 100 kVtgacha quvvatli energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan jismoniy va yuridik shaxslar 3 yilga quyidagilardan ozod etiladi:
• qurilmalar boʻyicha mol-mulk soligʻi;
• qurilmalar bilan band uchastka boʻyicha yer soligʻi;
• yuridik shaxslar ishlab chiqarib sotgan elektr uchun foyda soligʻi.
Oʻrnatilayotgan quyosh panellarida chiqariladigan energiyaning 25 foizdan kam boʻlmagan qismini saqlash imkoni boʻlsa yuqoridagi imtiyozlar 10 yilga beriladi.
2023-yil 1-martdan yagona elektr energetika tizimiga ulanish uchun berilgan texnik shartlarda koʻrsatilgan quvvatdan yuqori boʻlmagan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashda qoʻshimcha texnik shart olish talab etilmaydi.
Tadbirkorlar, xorijiy investorlar:
• oʻzlari ishlab chiqarilgan elektrni davlat organiga, hududiy elektr tarmoqlariga belgilangan tariflarda, boshqa isteʼmolchilarga oʻzaro kelishilgan narxda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotishi;
• obyektlarda ijara huquqi bilan qayta tiklanuvchi energiya qurilmalarini oʻrnatib elektr sotishi mumkin boʻladi.
Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan 2023 yil 1 martdan “yashil energiya” bank moliya produkti amalga kiritiladi.
2023-yil 1-maydan:
• foydalanishga topshiriladigan koʻp qavatli uylar tomlari boʻsh qismining kamida 50 foizida quyosh panellarini oʻrnatish talabi joriy qilinadi;
• barcha yoqilgʻi quyish shoxobchalarining hududini yoritish uchun elektrning kamida 50 foizi quyosh panellari orqali qoplanishi talab etiladi.
• respublikadagi barcha yoqilgʻi (avtobenzin, suyultirilgan va siqilgan gaz) quyish shoxobchalarining maishiy-texnik ehtiyojlari va hududini yoritish uchun elektr energiyasi taʼminotining kamida 50 foizi ushbu obyektlarda oʻrnatiladigan quyosh panellari orqali qoplanishi talab etiladi.