Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Ishdan bo‘shatilgandan so‘ng qancha miqdorda pul olish mumkin?


“El aziz, inson aziz” shiori ostidagi Yurtimizda inson manfaatini ko‘zlab ko‘plab qonunlarga o‘zgartirishlar kiritilmoqda, shu jumladan Mehnat odeksiga ham o‘zgarishlar kiritilmoqda.

Amaldagi Mehnat kodeksida ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan. Misol uchun xodim ishga kirganiga 20 yildan oshgan bo‘lsa ham ish boshlaganiga 1 yil bo‘lgan xodim bilan teng miqdorda ishdan bo‘shash nafaqasi olgan.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yangi tahririni eʼtiborli jihati shundaki, ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori xodimning maʼlum bir tashkilotda ishlagan vaqti inobatga olinadi. Misol uchun, xodim 3 yilgacha ishlagan bo‘lsa  o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi, 3 yildan 5 yilgacha ishlagan bo‘lsa o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi, 5 yildan 10 yilgacha ishlagan davri uchun  o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi, 10 yildan 15 yilgacha ishlaganligi uchun o‘rtacha oylik ish haqining 150 foizi, 15 yildan ortiq ishlagan bo‘lsa o‘rtacha oylik ish haqining 200 foizi miqdorida ishdan bo‘shash nafaqasi olishi mumkin bo‘ladi.

Kosonsoy tuman adliya bo‘limi 
bosh maslahatchisi 
Anvarxon Saidaxmadxonov