Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

80 NAFAR XODIMNING HUQUQLARI TIKLANDI


Kosonsoy tuman adliya bo‘limi tomonidan keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun ixtisoslashtirilgan “Kosonsoy” sanatoriyasining xodimlari tomonidan ularga O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 159-moddasiga asosan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda to‘lanadigan ish haqi to‘lanmayotganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mazkur murojaatni ko‘rib chiqish jarayonida keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun mo‘ljallangan “Kosonsoy” sanatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.01.2022-yildagi “2022–2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-98-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijmoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining 28.01.2022-yildagi 11-I-Ch-sonli buyrug‘iga asosan qayta ta’mirlash va qurilish ishlari amalgan oshirayotganligi sababli, vaqtinchalik ish faoliyati to‘xtatilganligi ma‘lum bo‘ldi.

Shuningdek, 2022-yilning 15-aprel kunidan 15-noyabr sanasiga qadar Mehnat kodeksinig 159-moddasida nazarda tutilgan tartibda o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda ish haqi berilishi belgilangan bo‘lsada, biroq xodimlarga mazkur pul mablag‘lari to‘lanmay kelinayotganligi o‘z tasdig‘ini topdi va xodimlarning manfaati yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan xodimlarga 800 mln so‘mga yaqin oylik ish haqlari to‘lab berilishi ta’minlandi.

Kosonsoy tuman adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi
Anvarxon Saidahmadxonov