Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Respublika ishchi guruhining o’rganishlari viloyat bo’ylab davom etmoqda.


Hududlarda aholi muammolarini aniqlash va hal etish, kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash faoliyatini baholash boʻyicha amalga oshiriladigan oʻrganish yuzasidan idoralararo ishchi guruhi aʼzolari Namangan viloyatida boʻlib turibdi.

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi,  Milliy Gvardiya qoʻmondonligi, Oʻzbekiston Respublikasi Administratsiya, Adliya vazirligi va daxldor tashkilotlar joylardagi holatni yaqindan oʻrgandilar.

Yangi Namangan tumanidagi o’rganishlarda tuman adliya bo’limi, davlat xizmatlari markazi hamda tegishli tashkilot xodimlari aholini o’ylantirib kelayotgan turli masalalar yuzasidan huquqiy targ’ibot tadbirlarini amalga oshirmoqda.

Shuningdek, To'raqo'rg'on tumani “Past Naymancha”mahallasidagi Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman adliya bo’limi bilan birgalikda “Sayyor qabul” o’tkazildi.

Avval xabar berilganidek, ayni vaqtda Respublika ishchi guruxining viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib, manzilli oʻrganishi va sayyor qabullari davom etmoqda.

"Gʻuncha" mahallasi Namangan shahrining eng koʻp aholi istiqomat qiladigan hududi hisoblanib, 4500 nafar aholining aksariyat qismi tikuvchilik va hunarmandchilik bilan band. 

Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 1-oʻrinbosari U.Ismatillayev, Namangan shahar adliya boʻlimi boshligʻi M.Raxmonov va boshqa masʼul xodimlar va mutasaddilar ishtirokida keng qamrovda Sayyor qabul oʻtkazildi.
Tadbirga 200 nafar fuqaro tashrif buyurdi, shundan 100 nafari bevosita qabulda ishtirok etdi va 17 nafar fuqaroning murojaati qabul qilindi, qolganlariga huquqiy tushuntirish berildi. 

Qabulga keluvchilar bir vaqtning oʻzida Sud, advokat, notarius, FHDY, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, Psixolog va otinoyi, tibbiyot xodimidan bepul maslahatlar oldilar. Qolaversa, sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatilib, bepul tibbiy koʻrik ham tashkil etildi.
Mazkur jarayonlarda adliya bo’limi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo’limi, yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilayotgan bo’lsa, Davlat xizmatlari markazi xodimlar fuqarolarga sayyor tartibda xizmat ko’rsatib kelmoqda.

Ma’lumot uchun DXM xodimlari ikki kun davomida 200 nafarga yaqin fuqaroni uzog’i yaqin bo’lishiga ko’maklashdi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi