Янгиликлар
Ishchi guruh aʼzosi Namanganda!
Yurtimizda aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammo va masalalarni joyiga chiqqan holda o’rganish ijobiy samara bermoqda.
Respublika ishchi guruhining aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov tomonidan Namangan viloyatining tuman (shahar)larida oʻrganishlar olib borilmoqda.
Dastlab, Pop tumanining “Yangitoʻda” mahallasida oʻtkazilgan oʻrganishlar jarayonida Namangan viloyati adliya boshqarmasi, tuman adliya boʻlimi hamda daxldor soha vakillari aholini oʻylantirib kelayotgan masalalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, mahallaning xotin-qizlarining huquqiy sohadagi muammolariga yechim topish maqsadida “Sayyor uchrashuv”lar tashkil etildi. Unda, 97 nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarning turli sohadagi masalalariga huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.
Mazkur oʻrganishlar doirasida “Mahalla huquqshunosi” shiori ostida uchrashuv-muloqotlar oʻtkazilib, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha tushuntirish-targʻibot tadbirlari amalga oshirilyapti.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi