Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Sayyor qabul natijalariga qaytdik


Odatda sayyor qabulda masofa va vaqtni tejash maqsadida muammolar oʻsha joyning oʻzida oʻrganiladi, ularning muammolari quyi bo'g'inda tinglanadi va qonun doirasida hal boʻladi. Bu borada Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan boshlangan “mahallabay” sayyor qabullar qay darajada davom etyapti? Uning natijalarichi?
Shu oʻrinda avvalo qisqa raqamlarga toʻxtalsak. Viloyatning 14 ta hududida bevosita Adliya boʻlimlari boshchiligida oʻtkazilgan qabullarda jami 206 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 166 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan boʻlsa, 40 dan ziyod murojaatlar ish yurituviga olindi.

- Joriy yilning 12-yanvar kuni Toʻraqoʻrgʻon tumani Porloq MFYda oʻtkazilgan sayyor qabul jarayonida fuqaro Q.Raimjonov xalqaro toifadagi SEFR sertifikati olgan vaqtdan boshlab ustama toʻlanmay kelinayotganligidan norozi boʻlib murojaat qildi.

Tuman adliya boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son Qarorining hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga asosan Xalq taʻlimi boʻlimiga taqdimnoma kiritdi, natijada fuqaro Q.Raimjonovga 2.602.000 soʻm ustama pullari toʻlab berilishi taʻminlandi.

- Yana bir murojaat Pop tuman aralashuvi bilan hal etildi. Bodomzor MFYda yashovchi fuqaro J.Azizxoʻjayev va boshqalarning Pop paxta tolasi AJ tomonidan ish xaqlari toʻlanmay kelinayotganligidan norozi boʻlib, murojaat qildi.

Tuman adliya boʻlimi fuqarolarning manfaati yuzasidan FIB Chust tumanlararo sudiga ariza kiritdi. Natijada fuqaro J.Azizxoʻjayev va boshqalarning 48 476 948 soʻm pullarini undirish yuzasidan sud boʻyrugʻi qabul qilindi.

- Uychi tumanining Mashad va Quvurboshi mahallasidan ishtirok etgan fuqarolar N.Siddiqov, A.Toʻxtasinovning hamda Namangan shahrining Majnuntol mahallasidan qatnashgan Sh.Egamberdiyevning suyultirilgan gaz balloni olishda yordam berishni soʻrab qilgan murojaati tuman adliya boʻlimlari tomonidan qanoatlantirildi.

Haftaning har payshanba kuni oʻtkazilayotgan sayyor qabullar xalqimizning ogʻirini yengil qilish uchun xizmat qilsa ajab emas, natijalarga yana toʻxtalamiz!

Namangan viloyat adliya boshqarmasi