Янгиликлар
26
Har hafta o’tkazilayotgan Sayyor qabulning bu galgisida 300 ga yaqin murojaat tinglandi.
Avval xabar berilganidek, tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan fuqarolarga yengilliklar yaratish maqsadida haftaning har payshanba kuni “Sayyor qabul” tashkil etib borilmoqda.

Unda, fuqarolarining Adliya, FHDY, DXM sohasidagi muammo va masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, To‘raqo‘rg‘on tumani “Fayziobod” MFYda yashovchi fuqaro Sh.Onarqulova voyaga yetmagan uch nafar farzandi borligi, turmush o‘rtog‘i vafot etganligi, hozirgi kunda uy-joyga muhtoj ekanligi hamda ipoteka subsidiyasi asosida uy olish tartibi yuzasidan huquqiy tushuntirish so‘radi. Unga esa DXM xodimi tomonidan huquqiy tushuntirish berildi.
Shuningdek, Kosonsoy tumani “Bahoriston” MFYda yashovchi fuqaro I.Ikramovning ish haqlari o‘z vaqtida to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati adliya bo‘limi ish yurituviga olindi
To‘raqo‘rg‘onlik fuqaro N.G‘iyosovaning ish xaqlariga qo‘shimcha ustama haqlari qo‘shilmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati ham To‘raqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi ish yurituviga olindi.
Bugungi Sayyor qabul davomida 300 nafarga yaqin fuqaro qatnashgan bo’lsa, ularning 217 nafariga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 33 ta murojaat qo’shimcha o’rganish talab etgani bois, adliya bo’limi ish yurituviga olindi.
O’tkazilayotgan bu kabi qabullar nafaqat aholi muammolarini o‘rganish, balki ishtirokchilarni qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilish imkonini ham bermoqda.