Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Sayyor qabul natijalari nima boʻldi? Qisqa satrlarda tanishing


Joriy yilning 5-yanvar kunidan eʼtibor Namangan viloyat adliya boshqarmasining tashabbusi bilan tuman (shahar) adliya boʻlimlari boshchiligida mahallalar kesimida sayyor qabullar tashkil etish yoʻlga qoʻyildi.

Demak, 22 kun davomida 4 marotaba yaʼni haftaning payshanba kunlari bevosita fuqarolarning murojaatlari manzilli tartibda oʻrganildi, ularni muammolari tinglandi va tegishli tartibda yechim ham topildi.

Norin tumanida yashovchi Z.Jumaboyeva “Yangi tong” MFYda tashkil etilgan qabulda ishtirok etgan. U oʻglini ishga joylashtirish hamda oʻzini suyak yemirilishi kasalligini davolatish uchun order olishda amaliy yordam soʻradi.

Tuman Adliya boʻlimi fuqaroning murojaatini oʻrgandi. Natijada, oʻgʻliga ishga joylashtirsh uchun Norin tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan suhbat asosida ishga joylashishi uchun yoʻllanma berildi. Qolaversa, 2023-yil 18-yanvar kuni Z.Jumaboyevaga Toshkent ilmiy amaliy tibbiyot markazining travmatologiya boʻlimida davolanishi uchun imtiyozli order olishiga koʻmaklashildi.

Pop tumani “Olmazor” MFYda yashovchi A.Abdurahmonov 39-sonli umumtaʼlim maktabida ishlab kelmoqda. Biroq u haligacha avgust oyining oylik maoshini olmaganidan norozi. Murojaat tuman Adliya boʻlimi tomonidan oʻrganilib, ish xaqini undirish yuzasidan 39-maktabga taqdimnoma kiritildi. Natijada toʻlanmagan 2052969 soʻm miqdoridagi ish xaqi qayta hisoblandi va yanvar oyi ish xaqiga qoʻshib toʻlanishi boʻyicha buyruq chiqarildi.

Yana bir murojaat Toʻraqoʻrgʻon tuman Beruniy MFYda yashovchi fuqaro M.Pazliddinovga tegishli boʻlib, u yakka yolgʻiz yashovchi nafaqoʻr. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj ekanligi yuzasidan amaliy yordam berishni soʻrab murojaat qildi. Natijada tuman Adliya boʻlimi aralashuvi bilan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar shoʻbasi tomonidan roʻyxatga olindi.

Shuningdek, R.Xoliqovning kundalik maishiy ehtiyoji uchun gaz ballon bilan taʻminlanishida yordam berish soʻralgan murojaati ham qanoatlantirildi.

Oʻz yechimini topgan murojaatlar talaygina, biz ayrimlariga toʻxtaldiк xolos. Ayni vaqtga qadar oʻtkazilgan haftalik qabullar davomida 500 ga yaqin fuqarolar ishtirok etdi. Natijalarga yana toʻxtalamiz!