Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Huquqbuzarliklarga qarshi birga kurashamiz


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida davlat tashkilotlari va organlari tomonidan joylarda uchrashuv (seminar, davra suhbati, konfrensiya) va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi tadbirlardan biri sifatida joriy yilning 23-yanvar kuni Namangan shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.Mirsaidov tomonidan Milliy gvardiya, Ichki ishlar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi va Xalq ta’limi boshqarmasi vakillari ishtirokida “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga qarshi kurashishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar soni, huquqbuzarliklarni sodir etish joyi, vaqti va sharoitlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, huquqbuzarliklarga qarshi kurashishning amaliy jihatlari va xorijiy tajribalar o‘rtoqlashildi.

Shuningdek, mazkur tadbir davomida yoshlar liderlari tomonidan berilgan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida fuqarolarning huquqlari, ularni himoya qilish kafolatlari va yana bir qator savollarga M.Mirsaidov atroflicha munosabat bildirdi.