Янгиликлар
“Shaxsiy qabuli”da muommolarga yechim izlandi.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining aholi va tadbirkorlik subʼektlarini qiynab kelayotgan muammolarini qonuniy hal etish maqsadida “Shaxsiy qabuli” oʻtkazildi.
Unda, tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi studiyadan aholi va tadbirkorlik subʼektlari oʻz muammo va masalalari bilan ishtirok etdilar.


Yana bir fuqaro Xurshida Mirzaevaning Uy-joy masalasidagi murojaati tinglanib, Subsidiya asosida uy olish mumkinligi yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.
Shaxsiy qabul davomida shuningdek, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot ham oʻtkazildi.
Bugungi qabulda kommunal, uy-joy va yer ajratish, qurilish hamda bandlik masalalari yuzasidan qilingan murojaatlarning aksariyatiga huquqiy tushuntirish berilgan boʻlsa, qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigani boshqarma va adliya boʻlimlarining ish yurituviga olindi.
Shu oʻrinda qayd etish lozim, bugun har bir fuqaro uchun Namangan viloyati adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlarining eshiklari ochiq.
Boshqarma boshligʻining tashabbusi bilan haftaning seshanba kuni shaxsiy qabuli hamda haftaning har payshanbasida boʻlim boshliqlaring mahallalardagi yuzma-yuz muloqotlari aholi muammolarini tez va samarali hal etish imkonini berayotgani, hududlarda yillar davomida yigʻilib qolgan muammolarni aniqlash va bartaraf etilishida davlat organlari va tashkilotlari oldiga vazifalar qoʻyayotgani va ushbu vazifalarni toʻlaqonli bajarishga undayotgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
https://t.me/namanganadliya/13448
Namangan viloyati adliya boshqarmasi