Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash tartibi yanada soddalashtirildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi Farmoniga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fervraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 86-son qarori qabul qilingan.

Avtomototransport vositalarini Boshqa model va modifikatsiyalarning agregat va uzellari, ehtiyot qismlari va butlovchi detallaridan foydalangan holda, avtomototransport vositasi konstruksiyasi va tarkibiy qismlarining elementlariga o‘zgartirishlar kiritish uchun fuqaqo yoki tadbirkorlik subekti Davlat xizmatlari markazi orqali yoki license.gov.uz axborot tizimi orqali shaxsan o‘zi murojaat etishi belgilangan.

Qarorga muvofiq Avtomototransport vositasini shaxsan egasi quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: Avtomototransport vositasining texnik pasport yoki avtomototransport vositasini uning egasiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat nomi, raqami va sanasi Transport egasi 16 yoshga to‘lmaganlar bo‘lsa — tug‘ilganlik haqida guvohnoma, chet el fuqarosi bo‘lsa — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki chet el fuqarosining milliy pasporti, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lsa — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi elektron nusxasi Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnomani ariza qilingandan so‘ng ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan ruxsatnoma beriladi. Arizani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 % miqdorida to‘lov undiriladi.

Ruxsatnoma olishga oid talab va shartlar ruxsatnomada ko‘rsatilgan qayta jihozlashni amalga oshirish hamda ishlab chiqarilganiga 20 yil va undan ortiq muddat o‘tgan avtomototransport vositalarini qayta jihozlatmaslik (avtomototransport vositalarining kuzov, kabina va dvigatellarini xuddi shu rusumdagi (yoki shu rusumning yangi modifikatsiyasidagi) kuzov, kabina va dvigatellarga almashtirish bundan mustasno) kerak bo‘ladi.

Transport vositalarini ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan ko‘zda tutilmagan qayta jihozlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Obidxon Homiddinov
Namangan tumani davlat xizmatlari markazi
bosh mutaxassisi