Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Har bir muammo o‘z manzilida hal etilmoqda


Xabaringiz bor, tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan  fuqarolarga yengilliklar yaratish maqsadida haftaning har payshanba kuni “Sayyor qabul” tashkil etish rejalashtirilgan.

          Maqsad fuqarolarning dardini tinglash, real muammolarga eʼtibor qaratish, sifatli huquqiy ko‘mak va murojaatlarga yechim topishdan iborat.

          Joriy yilning 19-yanvar kuni o‘tkazilgan qabulda  Kosonsoy tumani “Yoshlik” mahallasida, Uychi tumani «Soku» va “Gulzor” mahallasida, Namangan tumani “Urganji” mahallasida, Mingbuloq tumani, “Guliston” mahallasida, Pop tumani «Kelachi» va «A.Qaxxor» mahallasida hamda Yangi Namangan tumani “Furqat” mahallasida adliya bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan qabul davomida 100 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdi.

          Jami 74 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Shundan, 63 nafar fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berish orqali yechim topilgan bo‘lsa, 11 nafar fuqarolarning murojaatlari adliya bo‘limlarining ish yurituviga qabul qilindi. 
        
          Murojaatlarning mazmunini asosan, kadastr pasportini shakllantirish, aliment, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini bekor qilish, ishga joylashish tartibi, davlat subsidiyasi, moddiy yordam va h.k. tashkil etmoqda. 

Namangan viloyat adliya boshqarmasi