Янгиликлар
Adliya aralashuvi bilan 192 nafar xodimlarga 33 mln so'mdan ortiq ta'til pullari to'lab berildi!!!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.12.2021-yildagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-35-son Farmonining 1-bandi “a” kichik bandida barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar) 3-yanvar-dushanba, 22-mart-seshanba, 23-mart-chorshanba, 3-may-seshanba, 11-iyul-dushanba, 2-sentabr-juma kunlari 2022-yilda qoʻshimcha dam olish kunlari etib belgilangan. Mazkur Farmon 3-bandida byudjet tashkilotlarida ushbu Farmonning 1-bandi “a” kichik bandida belgilangan qoʻshimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat taʼtilining davomiyligini besh ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanishi, har yilgi mehnat taʼtili davrida saqlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat taʼtilining amaldagi davomiyligi hisobga olinishi, unga ushbu Farmonning 1-bandi “a” kichik bandida belgilangan qoʻshimcha dam olish kunlari qoʻshilishi koʻrsatilgan. Biroq, monitoring natijalariga ko'ra, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi 146 nafar xodimlarga 21 500 076 so'm, tuman Aholi bandligiga ko'maklashish markazi 5 nafar xodimga 2 024 681 so'm, tuman Madaniya bo'limi 20 nafar xodimlarga 4 103 534 so'm hamda tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi 21 nafar xodimlarga mehnat ta'tili uchun ta'til pullarini kam to'laganligi aniqlangan. Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan ta'sir choralarini qo'llanishi natijasida jami 192 nafar xodimlarga 33 442 333 so'm ta'til pullari undirib berildi.
Yangiqo'rgo'n tuman adliya bo'limi