Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Sovuq kunlardagi ezgu tashabbuslar…


Yurtimizga kirib kelgan anomal sovuq har birimizdan ehtiyotkorlik, eʼtiborlilikni talab etadi. Ayniqsa, u yoki bu yumush bilan koʻchaga chiqqan kishiga havoning zahri taʼsir qilmay qolmaydi. Bunday jarayonlarda Namangan viloyati adliya boshqarmasi
 tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan fuqarolarga iliqlik ulashilmoqda.
Jumladan, Namangan viloyati FHDY arxivi xodimlari yoqilgʻi quyish shoxobchasida navbat kutayotgan hamyurtlarimizga yegulik, issiq ichimliklar tarqatildi. Shuningdek, Noring tumani davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan sovuq havo boʻlishiga qaramay, yurt obodligi va saranjomligiga hissa qoʻshayotgan xodimlarga iliqlik ulashildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi xodimlari xizmatdan foydalanish uchun kelgan nuroniylar hamda  yosh bolasi bor fuqarolarni oʻz manzillariga yetkazib qoʻydilar.

Ha, qish chillasida xalqimizga ana shunday qulayliklar yaratilmoqda, qaynoq mehr ulashilmoqda. Zero, koʻngil  mehrdan suv ichsa, qalbdagi issiq haroratdan ezguliklar unadi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish????https://t.me/namanganadliya