Янгиликлар
Namangan viloyat adliya boshqarmasida ham maʼmuriy hujjatlarni jamoatchilik uchun ochiq tarzda qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 1-yanvaridan boshlab Prezident qaroriga (https://lex.uz/docs/6324754) asosan sinov tariqasida Adliya vazirligining buyruqlari ham “E-qaror” tizimi orqali qabul qilinishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan idoraviy hujjatlarni mazkur tizim orqali qabul qilish va eʼlon qilish boshlangan.
Xususan, joriy yilning 5-yanvar kuni tizim orqali Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining advokatlik maqomi va advokatlik guvohnomasini berish haqidagi dastlabki buyrug‘i qabul qilindi.
Yil boshidan bugunga qadar tizim orqali Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan qabul qilingan 11 ta, viloyat yuridik texnikumi tomonidan 2 ta idoraviy hujjatlar eʼlon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligi tizimidagi sinov natijalariga ko‘ra, 2023-yil 1-sentabrdan (https://lex.uz/docs/6324754) boshlab barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va eʼlon qilish nazarda tutilgan.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi