Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

“Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” tanlovining viloyat bosqichi o'tkazildi


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022-yil 27-yanvardagi 12-um-sonli buyrugʻiga muvofiq, “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarida “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyalari boʻyicha tanlovlar joriy etish
 belgilangan.

Shu munosabat bilan “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” tanlovining Nizomi ishlab chiqilib, nizom talablari asosida joriy yilning 18-yanvar kuni tanlovning viloyat bosqichi oʻtkazildi va gʻoliblarni Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi X.Sabirov taqdirladi.

Tanlov ishtirokchilarini baholash bevosita har bir oʻqituvchi tomonidan tanlov oʻtkazilayotgan davrdagi amalga oshirilgan ishlarning hajmi boʻyicha koʻrsatkichlar, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari va adliya vazirining buyruqlarini oʻrganib borishi, faoliyatiga doir qonun hujjatlarining mohiyatini bilishi va ularni qoʻllay bilishi, notiqlik mahorati va talabalar bilan ochiq muloqot qilishda faol boʻlishi; masʼuliyatlilik, halollik, xolislik, qatʼiyatlilik va tashabbuskorlik; jamoat ishlaridagi faol ishtiroki, tashkilotchilik qobiliyati, vaziyatni tezkor tahlil qila olish koʻnikmalari va yana qator mezonlar asosida boʻlib oʻtdi.

Tanlov yakuniga koʻra 3 oʻrinni I. Akramov, 2 oʻrinni G. Rustamova, 1 oʻrinni F. Usmonova egalladi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi jamoasi tanlov gʻolibiga respublika bosqichida ham omad tilaydi.


Namangan viloyat adliya boshqarmasi