Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Maʼmuriy sud ishlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi kodekslariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi
2022 yil 16 dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-810-sonli Qonuni qabul qilindi.
Qonun qabul qilinguniga qadar ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomalari tumanlararo maʼmuriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilar edi.
Ushbu holatda tumanlararo maʼmuriy sudlar faqat viloyat markazlarida joylashganligi, hududlar geografik joylashuvi bo‘yicha bir-biridan uzoqda joylashganligi va ichki ishlar organlari xodimi mazkur ish bilan shug‘ullanishi davomida o‘z xizmat joyini uzoq muddat bo‘sh qoldirilayotganligi tufayli muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish amaliyotini fuqarolarga qulayliklar yaratish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga kelgan edi.
Mazkur Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqishga doir normalarini O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘tkazish hamda tegishli ishlarni ko‘rib chiqishni maʼmuriy sudlardan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlariga o‘tkazilishi belgilandi.
Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi
A. Dadabayev