Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2022-yilning 12 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlili yuzasidan ma'lumot


Namangan viloyat adliya boshqarmasiga 2022-yilning 12 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi.

I. Boshqarmaning markaziy apparatiga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:

Jumladan, viloyat adliya boshqarmasi markaziy apparatiga 2022-yilning

12 oyi davomida jami 1 994 ta (shundan 149 tasi huquqni qo‘llash amaliyotiga oid, 765 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 256 tasi notariat va advokaturaga oid, 18 tasi yuridik xizmatlar faoliyatiga, 14 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid, 694 tasi davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid va

98 tasi boshqa sohalar bo‘yicha) murojaatlar kelib tushgan.


  Diagramma 1. Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

Kelib tushgan murojaatlarning 1 537 tasi (77%) hal etilib, shundan

606 ta murojaat (39%, jami murojaatlarning esa 30%) qanoatlantirildi, 910 tasiga (59%, jami murojaatlarning esa 46%) huquqiy tushuntirish berildi va 21 tasi

(1,3%, jami murojaatlarning esa 1%) rad etilgan. Kelib tushgan jami (1 994 tadan) murojaatlarning 272 tasi (14%) tegishliligi bo‘yicha, 128 tasi (6%) hal etish uchun tuman (shahar) adliya bo‘limlariga yuborildi.

Xususan, kelib tushgan va hal etilgan murojaatlardan huquqni qo‘llash amaliyoti sohasidagi murojaatlarning 28 foizi (33 ta), inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi murojaatlarning 45 foizi (204 ta), notariat va advokaturaga oid murojaatlarning 31 foizi (67 ta), yuridik xizmatlar faoliyatiga oid murojaatlarning 25 foizi (4 ta), nodavlat-notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid murojaatlarning

29 foizi (4 ta), davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid murojaatlarning 39 foizi

(243 ta) murojaatlardagi vajlar o‘z tasdig‘ini topganligi sababli qanoatlantirildi.


Diagramma 2. Qanoatlantirilgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili

Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida turli idoralarga 58 ta taqdimnoma,

28 ta ma’muriy taklif, 15 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida 2 mlrd 795 mln 991 ming so‘m pul mablag‘lari undirildi. Shuningdek, 27 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka hamda 32 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 6 ta hujjat bekor qilindi.

Kelib tushgan murojaatlarni 95 tasini ko‘rib chiqishda mutaxassislar jalb qilindi, shuningdek 64 tasi joyiga chiqib o‘rganildi.


II. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:

Boshqarmaga hisobot davri mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali jami 1 085 ta murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning 766 tasi hal etilib, shundan 233 tasi

(30%, jami murojaatlarning 21%) qanoatlantirildi, 533 tasi (70%, jami murojaatlarning 49%) bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan, jami kelib tushgan murojaatlarning 222 tasi (20%) tegishliligi bo‘yicha yuborilgan, 53 tasi (5%) ko‘rmasdan qoldirilgan.


Diagramma 3. Virtual va xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlarning hal etilganlik natijalari tahlili.

1. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 765 ta

(450 ta shikoyat, 315 ta ariza) murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 452 tasi (59%) hal etilib, shundan 204 tasi (45 %, jami murojaatlarning 27%) qanoatlantirildi, 248 tasiga (55 %, jami murojaatlarning 32%) huquqiy tushuntirish berilgan. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida kelib tushgan jami murojaatlarning 168 tasi (22%) ko‘rib chiqish uchun boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 127 tasi (17%) ko‘rib chiqish uchun tuman (shahar) adliya bo‘limlariga yuborilgan.

Shikoyatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 52 ta taqdimnoma, 26 ta ma’muriy takliflar kiritilib sudlarga 14 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 1 mlrd 595 mln 991 ming so‘m pul mablag‘lari qaytarildi. Shuningdek, 26 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka hamda 32 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 3 ta hujjat bekor qilindi.

Mazkur sohadagi tahlil, shikoyatlarning quyidagi sohalarda ularning ko‘pligini ko‘rsatadi:

- mehnat nizolari yuzasidan 93 ta;

- ta’limga doir qonun hujjatlari yuzasidan 14 ta;

- ijtimoiy himoyaga doir qonun hujjatlari yuzasidan 22 ta;

- uy-joyga doir qonunlar yuzasidan 10 ta;

- yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan 13 ta;

- banklar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan 17 ta;

- ichki ishlar organlari faoliyatiga oid 72 ta;

- boshqa masalalar yuzasidan 160 ta.


Diagramma 4. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida eng ko‘p kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

2. Huquqiy xizmat sohasida.

Huquqiy xizmat sohasida jami 256 ta (150 ta shikoyat, 106 ta ariza) murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 216 tasi (84 %) hal etilgan bo‘lib, shundan 67 tasi (31 %, jami murojaatlarning 26%) qanoatlantirildi, 149 tasiga

(69 %, jami murojaatlarning 58%) huquqiy tushuntirish berilgan, 37 tasi (14%) tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

Shikoyatlarning xususiyati bo‘yicha:

- advokaturaga oid 34 ta;

- notariatga oid 115 ta;

- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 1 ta.



Diagramma 5. Huquqiy xizmat sohasida eng ko‘p kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

III. Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi va hal etilishiga etibor qaratadigan bo‘lsak, quyidagicha natijalarga erishilganligi kuzatiladi.

Jumladan, shikoyatlar bo‘yicha:

2022-yilning 12 oyi davomida jami 3 431 ta shikoyat kelib tushgan. Ushbu shikoyatlardan 3 330 tasi (97%) hal etilib, shundan 2 676 tasi (80%, jami shikoyatlarning 78%) qanoatlantirilgan, 654 tasiga (20%, jami shikoyatlarning 19%) huquqiy tushuntirish berilgan, 57 tasi (1.6%) taalluqligi bo‘yicha belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun boshqa idoralarga yuborilgan, 49 tasi (1.4 %) ko‘rmasdan qoldirilgan.


Diagramma 6. Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqilgan shikoyatlar tahlili.

1.    Kelib tushgan shikoyatlarning xususiyati bo‘yicha:

- mehnat nizolari yuzasidan 2 459 ta (2 113 tasi oylik ish haqi olish masalasida);

- ta’limga doir qonun hujjatlari yuzasidan 131 ta;

- ijtimoiy himoyaga oid qonun hujjatlari yuzasidan 165 ta;

- uy-joy masalasida 44 ta;

- kommunal to‘lovlar yuzasidan 34 ta;

- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 22 ta;

- yerga doir masalalar bo‘yicha 54 ta;

- banklar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan 13 ta;

- boshqa masalalar bo‘yicha 509 tani tashkil etmoqda.

2. Arizalarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha:

2022-yil davomida jami 883 ta ariza kelib tushgan. Mazkur arizalarning

811 tasi hal etilib, shundan 529 tasi (65 %, jami arizalarning 60%) qanoatlantirilgan, 282 tasiga (35 %, jami arizalarning 32%) huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lib, kelib tushgan jami arizalarning 52 tasi (6 %) taalluqligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

Arizalarning xususiyati bo‘yicha:

Qonun hujjatlariga tushuntirish berish yuzasidan 167 ta;

Kadrlar masalasida 3 ta;

Notariatga oid 5 ta;

Boshqa masalalarda 703 ta arizalar kelib tushgan.

IV. Bo‘limlar tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy va sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:

Bo‘limlar tomonidan jami qabullar davomida 3 655 ta murojaat qayd qilingan bo‘lib, shulardan 805 tasi sayyor qabul paytida, 2 850 tasi shaxsiy qabul jarayonida qabul qilingan.

Shaxsiy va sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlarning

3 548 tasi hal etilib, shundan 2 782 tasi (78%, jami arizalarning 76%) qanoatlantirilgan, 766 tasiga (22%, jami arizalarning 21%) tushuntirish berilgan, 79 tasi (2.1%) taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

V. Bo‘limlar tomonidan murojaatlarni qanoatlantirish darajasi bo‘yicha:

Qanoatlantirish darajasi yuqoriligi bo‘yicha:

- Kosonsoy tumani (kelib tushgan 506 ta, qanoatlantirilgan 455 ta (90%);

- To‘raqo‘rg‘on tumani (kelib tushgan 435 ta, qanoatlantirilgan 360 ta (83%);

- Namangan tumani (kelib tushgan 236 ta, qanoatlantirilgan 194 ta (82%);

- Pop tumani (kelib tushgan 315 ta, qanoatlantirilgan 241 ta (77%);

- Norin tumani (kelib tushgan 262 ta, qanoatlantirilgan 203 ta (77%) adliya bo‘limlari tomonidan yuqori ko‘rsatkichlarga erishilganligi kuzatiladi.


Diagramma 7. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi yuqori bo‘lgan adliya bo‘limlari (foizda) tahlili.

Qanoatlantirish darajasi nisbatan pastligi bo‘yicha:

- Davlatobod tumani (kelib tushgan 195 ta, qanoatlantirilgan 131 ta (67%);

- Chust tumani (kelib tushgan 398 ta, qanoatlantirilgan 265 ta (67%);

- Namangan shahar (kelib tushgan 349 ta, qanoatlantirilgan 206 ta (59%);

- Uchqo‘rg‘on tumani (kelib tushgan 299 ta, qanoatlantirilgan 206 ta (53%) adliya bo‘limlari tomonidan past ko‘rsatkichlarga erishilganligi kuzatiladi.


Diagramma 8. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi past bo‘lgan adliya bo‘limlari (foizda) tahlili.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda murojaatlarni ko‘rib chiqishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan quyidagi takliflar bildiriladi:

1. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilib borish;

2. Kelib tushgan murojaatlarning to‘liq va sifatli hal etilishini ta’minlash maqsadida ularni joyiga chiqib o‘rganish amaliyotini ko‘chaytirish;

3. Boshqarma bo‘limlari va sohalar bo‘yicha ma’sullar har chorakda shikoyatlar ko‘paygan sohalarni o‘rganib, sabablarini tahlil qilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyatga va yuqori turuvchi idoralarga tegishli takliflar kiritish;

4. Murojaatlar ko‘p tushayotgan hududlarda sayyor qabullarni o‘tkazish jarayonida masalani joyida hal qilish choralarini ko‘rish, bunda tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ish tashkil etish;

5. Har chorak yakunlari bo‘yicha shikoyatlar ko‘payish sabablarini umumlashtirish va yig‘ilishlarda muhokama qilish, qolaversa Sektorlar yig‘ilishlarida muhokama qilish choralarini ko‘rish;

6. Tegishliligi bo‘yicha yuborilayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda ularning oshib borish tendensiyalariga e’tibor qaratib, muammoning yechimini topish va kelgusida bu kabi murojaatlarning kamayishiga erishish choralarini ko‘rish;

7. Boshqarma va uning tarkibiy bo‘linmalari, tuman (shahar) adliya bo‘limlari xodimlari tomonidan qonun hujjatlarini targ‘ib qilish jarayonida shikoyatlar ko‘paygan sohadagi qonun hujjatlari normalarini targ‘ib qilishga alohida etibor berish, bunda ommaviy axborot vositalari orqali muammoli masalalar bo‘yicha chiqishlar va maqolalarni chop etish choralarini ko‘rish.

8. Virtual qabulxona orqali yuborilayotgan murojaatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri vakolatli organga yuborishga alohida e’tibor qaratish hamda murojaatni ko‘rib chiqish uchun 15 kundan kam bo‘lmagan muddat belgilash.

Rejalashtirish va samaradorlikni baholash bo‘limi.