Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

MAHALLA FAOLLARI BILAN UCHRASHUV.


Namangan shahar yuridik xizmat koʻrsatish markazi.

   Namangan shahar hokimligi – Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbar va mas’ul xodimlari hamda shahar mahallalalari faollari ishtirokida qonunchilik hujjatlarining targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 28.10.2022-yildagi O‘RQ-798-sonli qonuni bilan tasdiqlangan yangi Mehnat Kodeksining mazmun-mohiyati, kiritilgan o‘zgartirishlar, xususan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga berilayotgan imtiyozlar shu jumladan, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini qonun hujjatlari bilan kafolatlangani yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga qonunchilik hujjatlaridagi ayrim yangiliklar to‘g‘risida targ‘ibot olib borildi.

Tadbirdan lavhalar.

Targ‘ibot yig‘ilishi davomida rahbar va mas’ul xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan muammoli masalalar yuzasidan savollariga tegishli javoblarini oldilar.

 


Namangan shahar yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshlig‘i
I.Xakimov