Янгиликлар
10
Markaz tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi foydasiga 5 mln so'mga yaqin mablag'lag'lar undirib berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi «Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5168-sonli qarorida davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash belgilangan.
O'tgan davr mobaynida, Yangiqo'rg'on tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tuman budjetdan tashqari pensiya jamg'armasi qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida, Oʼzbekston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1001-moddasida ya'ni boshqa shaxs (mehnat majburiyatlarini bajarayotgan xodim, transport vositasini boshqaruvchi shaxs va h.k) tomonidan yetkazilgan zararni toʼlagan shaxs bu shaxsga nisbatan, agar qonunda boshqacha miqdor belgilanmagan boʼlsa, toʼlangan tovon miqdorida qayta talab qilish (regress) huquqiga ega ekanligi belgilangan.
Shuningdek “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida”gi Oʼzbekston Respublikasi Qonunining 66-moddasida mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar korxonaning aybi bilan mexnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik uchun tayinlangan pensiyalarni toʼlash, shuningdek xodim ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga toʼlgunga qadar ushbu Qonun 12-moddasining "b"-"j" bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʼlash uchun ish xaqi toʼlashga moʼljallangan mablagʼlar xisobidan Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasiga xarajatlarni qoplovchi pul oʼtkazishlari belgilangan. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2014-yil 23-dekabrdagi 1357-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʼlashga xarajatlarni qoplash tartibi toʼgʼrisida Nizomning 4-bandida “Tashkilotlar har oyda mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʼliq holda olingan mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʼqotganlik va nogironlik pensiyalari toʼlangan oydan keyingi oyning 10-sanasigacha mazkur xarajatlarni qoplovchi toʼlovni Pensiya jamgʼarmasiga oʼtkazadilar.”-deb belgilangan. Biroq, mazkur to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirmagan “Zarmund Non” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda “Kommunal foydalanish” mas’uliyati cheklangan jamiyati xatti-harakatlari yuzasidan Iqtisodiy ishlar bo'yich Yangiqo'rg'on tumanlararo sudiga kiritilgan da'vo arizasi qanoatlantirilib, 4 566 069 so'm pul mablag'larini undirish yuzasidan sudning hal qiluv qarori chiqarilishiga erishildi.
Yangiqo'rg'on tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi