Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Namangan viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi


Namangan viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 90 ta intellektual mulk obe’ktlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi bilan bog‘liq faoliyatga bevosita ko‘maklashildi. Mazkur talabnomalarning 22 tasi tezkor ekspertiza orqali amalga oshirilishi ta’minlandi.

Bo‘lim tomonidan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish borasida 119 ta ogohnoma, 32 ta taqdimnoma hamda 17 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, 14 nafar huquqbuzarlarga nisbatan sud organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan ma’muriy jarima jazo choralari tayinlanishiga erishildi. 2 nafar huquqbuzarlarga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar sud jarayonida ko‘rilmoqda.

Intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarga rioya etilishini ta’minlash va kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish (O‘z.Res. Prezidentining PQ-221-bo‘yicha) maqsadida 102 ta profilaktik kuzatuv va monitoring tadbirlari o‘tkazildi.

Jismoniy va yuridik shahslar tomonidan jami 92 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, mazkur murojaatlarning 48 tasi qanoatlantirilib, 44 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. 2 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha yuborilgan, 1 ta murojaat arizachining iltimosiga ko‘rmasdan qoldirilgan.

Viloyat aholisi hamda tadbirkorlik sube’ktlariga intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini shakllantirish borasida 8 marotaba televideniyada, 1 marotaba gazetada hamda 14 marotaba rasmiy OAV hisoblangan veb saytda va ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar uyushtirilgan.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlariga intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini shakllantirish borasida 9 marotaba seminar va davra suxbatlari tashkil etildi hamda 100 marotabadan ortiq og‘zaki targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan. Mazkur targ‘ibot tadbirlari davomida 900 dan ortiq kontrafakt mahsulotlar katalogi hamda kontrafakt mahsulotlar katalogiga yo‘naltiruvchi QR-kod flayrlari tarqatilgan.

“Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida “Biz kontrafaktga qarshimiz” shiori ostidagi hamda kontrafakt mahsulotlarning zararlaridan ogox qiluvchi targ‘ibot bannerlari viloyatning yirik savdo shahobchalarining barchaga ko‘rinib turadigan joylariga joylanib, viloyatning barcha bozorlarida radiouzel orqali kontrafakt mahsulotlardan ogoh qiluvchi audio yuzuv eshittirib borilishi ta’minlandi.


Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limi