
Tasdiqlangan reja-grafik asosida har bir adliya boʻlim boshligʻi hududlardagi muammolarni hal etishga, uning qonuniy yechimi topishga harakat qilmoqda. Tuman shahar markazidan uzoqda joylashgan mahallarda istiqomat qilayotgan aholini turmush farovonligini oshirish, ularni kambagʻallikdan chiqarishga koʻmaklashish va fuqarolarni tadbirkorlikka keng jalb qilish borasida aholining muammolariga quloq tutildi.

Ommaviy tarzda tashkil etilgan qabul davomida, fuqarolarning jami 250 ta masaladagi murojaatlari tinglandi. Qabul qilingan fuqarolarning 135 ga yaqin masaladagi murojaatlari joyida huquqiy tushuntirish va maʼlumotlar berilgan boʻlsa, 65 ta masaladagi murojaatlar ijobiy hal etildi. Shuningdek, 40 nafar fuqarolarning murojaatlari oʻrganish talab etganligi sababli tuman (shahar) adliya boʻlimi ish yurituviga olindi.
Sayyor qabul davomida davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan aholi va tadbirkorlik subʼektlariga sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Eslatib oʻtamiz, hududlarda tashkil etilgan “Sayyor qabul” tadbirlari haftaning har payshanbasida oʻtkaziladi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi