Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi tomonidan 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi


Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi tomonidan 2022-yilning 12 oyi davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan:

1. Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasida.

Bo‘lim tomonidan 2022-yilning 12 oyi mobaynida 21 ta idorada davlat boshqaruvining samaradorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rganilib, o‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida jami 4 623 ta kamchilik va qonunbuzilish holatlari (bandlik va mehnat munosabatlari sohasida 201 ta, bojxona sohasida 14 ta, qurilish idoralarida 635 ta, Yer resurslari va davlat kadastri idoralarida 741 ta, soliqqa oid 631 ta, yer ajratishga oid 10 ta, Ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha 1 365 ta, (boshqa qonunbuzilishlar 1 026 ta) aniqlandi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tegishli idoralarga jami 63 ta taqdimnoma, 11 ta ma’muriy taklif (shundan 11 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilgan bayonnoma) va 113 ta ogohnomalar kiritildi.

Kiritilgan ta’sir choralariga asosan, 74 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka, 11 nafar mas’ul xodimlar ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Shuningdek, kiritilgan taqdimnomalarga asosan, jami 28 ta, shundan 1 ta mahalliy ijro hokimiyatining va 27 ta nazorat qiluvchi organlarning qonun hujjatlariga zid bo‘lgan qaror va hujjatlari bekor qilinishi hamda 26 ta hujjatlarning qonunchilikka muvofiqlashtirilishi ta’minlandi, jismoniy shaxslar foydasiga jami 646 087 609 so‘m pul mablag‘lari to‘lab berilishiga erishildi.

Shu bilan birga, bo‘lim tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga 2 ta va iqtisodiy sudlarga 3 ta da’vo arizalari kiritilib, fuqarolar foydasiga

47 857 000 so‘m va yuridik shaxslar foydasiga 171 758 388 so‘m pul mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi. (hozirda bo‘lim tomonidan 1 201 605 951 so‘m pul mablag‘larini undirilishiga oid kiritilgan da’vo (arizlar) sudlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda)

Bundan tashqari, o‘tgan davr mobaynida 21 ta idora faoliyatida

jami 109 ta normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi monitoring va tahlil qilingan bo‘lib, shundan 8 tasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, 55 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, 39 tasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va

7 tasi idoraviy normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.

Shuningdek, bo‘lim tomonidan 38 ta qonun hujjatlarining ijrosi tahlil qilinib, o‘tkazilgan o‘rganishlar va tahlillar natijasida viloyat hokimligiga 1 ta va Adliya vazirligiga 4 ta tahliliy ma’lumotlar kiritildi.

2. Qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 19-iyuldagi

161-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni baholash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan, bo‘lim tomonidan o‘tgan davr mobaynida jami 14 ta takliflar ko‘rib chiqish uchun Adliya vazirligiga yuborildi.

3. Murojaatlarni ko‘rib chiqish sohasida.

2022 yilning 12 oyi mobaynida bo‘limga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 148 ta murojaatlar (76 ta shikoyat va 72 ta ariza) kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning 120 tasi (81,1 %) ko‘rib chiqilib,

33 tasi (27,5 %) qanoatlantirilgan va 87 tasiga (72,5 %) huquqiy tushuntirish berilgan, 1 ta (0,8 %) murojaat hal etish uchun tuman adliya bo‘limiga yuborilgan, 27 ta (18,2 %) murojaatlar tegishligiga ko‘ra ko‘rib chiqish uchun vakolatli idoralarga yuborilgan, 1 ta (0,6 %) murojaatlar bo‘lim tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Huquqiy targ‘ibot sohasida.

Bo‘lim tomonidan o‘tgan davr mobaynida sohaga doir qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida 1 ta markaziy, 27 ta mahalliy televideniye orqali chiqishlar qilinib,

2 marotaba gazetada maqolalar e’lon qilindi.

Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida, mehnat jamoalarida

25 marta davra suhbati va seminarlar o‘tkazildi.

Huquqni qo‘llash amaliyotini
o‘rganish bo‘limi