Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Notariat va advokatura


Namangan viloyatida oʼtgan 2021-yil davomida 182 ta advokatlar faoliyat yuritgan.
           Joriy yil yakuniga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi Аdvokatlar palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasida malaka imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʼtgan 18 ta talabgorlarga boshqarma tomonidan advokatlik faoliyati bilan shugʼullanish huquqini beruvchi litsenziyalar va advokatlik guvohnomalari berildi va viloyatda faoliyat yuritayotgan, aholiga yuridik yordam koʼrsatuvchi advokatlar soni 205 nafarga yetdi.
Bundan tashqari, Namangan viloyatida 2 ta yuridik maslahat xizmatlarini koʼrsatuvchi tijorat tashkiloti reestrga kiritildi va hozirda faoliyat yuritmoqda.
Oʼtgan 2021-yilda viloyatda 50 ta xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariuslar faoliyat yuritgan va shundan 6 nafar notariusga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʼullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi va ularning notarius maqomi tugatilgan.
           Shuningdek, 2021-yil davomida Аdliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasida xususiy notarial faoliyat bilan shugʼullanish huquqini beruvchi litsenziya berish boʼyicha oʼtkazilgan malaka imtihonlardan Namangan viloyatidan 4 nafar talabgor muvaffaqiyatli oʼtgan va faoliyatini boshlagan.
           Ushbu yoʼnalish boʼyicha malaka imtihonida imtihon topshirish uchun talabgorlar bilan doimiy suhbat oʼtkazish yuzasidan Namangan viloyat adliya boshqarmasi va Notarial palataning Namangan viloyat hududiy boshqarmasi maʼsul xodimlaridan iborat gurux tashkil etilib, talabgorlar bilan xafta davomida suhbatlar tashkil etilmoqda va buning natijasida 2022-yil davomida Oliy malaka komissiyasida oʼtkazilgan malaka imtixonidan muvaffaqiyatli oʼtgan talabgorlar soni 2021-yildan 2 barobarga, yani 8 nafarga yetdi.
           Hozirda, Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariuslar soni 53 nafarga yetdi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi