Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limining sarhisobi


Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi tomonidan 2022 yil davomida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, bo‘lim tomonidan 2022 yil 31 dekabr kuniga qadar 22 ta tashkilotlarda 37 ta o‘rganishlar (20 ta monitoring) o‘tkazilgan bo‘lib, o‘rganishlar davomida jami 3 839 ta kamchilik va qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, hisobot davrida jami 61 ta turli idora va tashkilotlarga taqdimnoma, 45 nafar aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan vakolatli organlarga taklif (bayonnoma), 166 ta 2 231 644 000 so‘mlik sudlarga da’vo arizalari va 15 ta qonun hujjatlari buzilishi mumkin emasligi to‘g‘risida ogohnomalar kiritildi.

Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida 44 nafar mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilib, 36 nafar shaxslarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qo‘llanilgan bo‘lsa, fuqarolarga to‘lanishi lozim bo‘lgan 2 884 467 649 so‘mlik pul mablag‘lari undirilishi ta’minlandi.

Boshqarmaga inson huquqlarini himoya qilish sohasida

2022 yil davomida jami 765 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 452 tasi (60 %) ko‘rib chiqilib, shundan

204 tasi (47%) qanoatlantirilgan, 248 tasiga (52%) huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lib, kelib tushgan jami murojaatning 127 tasi ko‘rib chiqish uchun adliya bo‘limlariga hamda 168 tasi ko‘rib chiqish uchun taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilib, 13 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirildi.

Mazkur murojaatlarning 117 tasi bo‘lim xodimlarining shaxsiy qabullarida qabul qilingan murojaatlar hisoblanadi.

Bo‘lim tomonidan ko‘rib chiqilgan murojaatlarni o‘rganish yakuni bo‘yicha fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan 61 ta taqdimnoma va 45 ta ma’muriy taklif va 166 ta

2 231 644 000 so‘mlik sudga da’vo arizalar kiritildi.

Kiritilgan ta’sir choralarga asosan 44 nafar mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, 36 nafar shaxsga intizomiy javobgarlik chorasi qo‘llanilgan hamda 2 884 467 649 so‘m pul mablag‘ini undirilishi ta’minlandi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi