Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

PREZIDENT HUJJATLARI HAYOTDA VA NAZORATDA


Ma'lumki, bugungi kunda yurtimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalq farovonligini oshirish yoʻlida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xalqimizni hayotdan rozi qilish, aholining hayot darajasi va sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va tegishli hujjatlari asosida joriy etilgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirilishi, «Temir daftar”, «Ayollar daftari” va «Yoshlar daftari” tizimi orqali aholini keng ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishi, “Mahallabay” tamoyili asosida aholi muammolarini hal etilishi yurtimizdagi millionlab insonlar hayotidagi tub oʻzgarishlarga zamin yaratdi.

Taʻkidlash lozim, aholining hayot darajasi va sifatini oshirish boʻyicha islohotlarning natijadorligi bevosita ularni amalga oshirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etilishiga bevosita bogʻliqdir. Bu borada Prezidentimizning 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan “Ijro intizomi — islohotlar garovi” tamoyiliga asoslangan yangi tizimni joriy qilish vazifasi yuklatilgan edi.

Tahlillarga eʻtibor qaratadigan boʻlsak, viloyatimiz boʻyicha “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali ijro uchun jami 1149 ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari kelib tushgan boʻlib, shulardan: farmon – 174 ta, qaror – 678 ta, farmoyish – 27 ta, bayon – 319 tani tashkil qiladi. Shuningdek, mazkur hujjatlarga asosan jami topshiriqlar soni 9 178 ta boʻlib, shulardan: 1 246 tasi Farmonlar boʻyicha, 4 589 tasi qarorlar boʻyicha, 170 tasi farmoyishlar boʻyicha, 3 172 tasi esa bayonlar boʻyicha kelib tushgan.

Mazkur koʻrsatkichlarning oʻziyoq, sohaning keng koʻlamli va ahamiyatga molikligidan dalolat berib, bu borada nazorat va hisobdorlikni yanada kuchaytirishni taqazo etadi.

Darhaqiqat, qayd etilgan Farmon bilan ijro intizomini mustahkamlash borasida Adliya vazirligiga qator vazifalar yuklatilgan boʻlib, oʻz navbatida, adliya organlari tomonidan qonunchilik hujjatlari ijrosini nazorat qilishda izchil va tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Maʻlumot oʻrnida taʻkidlab oʻtish lozimki, Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan sohada oʻtgan davrda 11 ta davlat organi va tashkilotlari tizimida oʻrganishlar oʻtkazilgan hamda 60 dan ortiq Prezident hujjatlarida berilgan topshiriqlar ijrosi monitoring qilingan.

Aniqlargan holatlar yuzasidan 35 ta taqdimnoma, 98 ta ogohnoma, 69 ta koʻrsatmalar kiritilib, natijasi boʻyicha topshiriqlar ijrosida masʻuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan deb topilgan jami 36 nafar xodimlarning itizomiy javobgarlik masalasi hal etilgan.

Oʻz oʻrnida, qonunchilik hujjatlarini amaliyotga keng tadbiq etish, ijro intizomi holatini muntazam tahlil qilib borish va yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar va yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash, muhokama qilish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishga ham alohida eʻtibor qaratilgan.

Darhaqiqat, qabul qilingan Prezident hujjatlarida mazmunan aholi farovonligini taʻminlash koʻzda tutilar ekan, mazkur hujjatlar ijrosini oʻz vaqtida, toʻlaqonli va sifatli taʻminlash borasida barcha darajadagi davlat xizmatchilaridan “shaxsiy masʻuliyat, mustahkam “temir” intizom va tashabbuskorlik”ni talab etadi.

Albatta, koʻzlangan pirovard maqsad ham “Ijro intizomi – islohotlar garovi” tamoyili asosida jamiyatimiz hayotidagi ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarni tubdan yaxshilash, aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini taʻminlash, xalqimizni rozi qilishdir.

 

 

O.Ibrahimov

Viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi