Янгиликлар
20
Uychilik 45 nafar xamshiraga 91 million so‘mdan ortiq ustama pullari to‘lab berildi.
Yurtimizda “Inson qadrini ulug‘lash-faol mahalla yili”da har bir soha vakillari tomonidan tizimli ishlar tashkil e’tilmoqda. Ayniqsa, aholi murojaatlariga quloq tutish, ko‘p yillardan buyon hal etilmayotgan muammo va masalalarni qonuniy hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bunday jarayonlarda Adliya vazirligining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) adliya bo‘limilar fuqarolarning murojaatlarini o‘rganib, qonuniy hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Uychi tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 5-sonli maktabgacha hamda 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida xamshira bo‘lib ishlovchi xodimlarga uzluksiz ish faoliyati 20 yildan ortiqni tashkil etganligi sababli ish beruvchi tomonidan 2021-yilda to‘lab berilmagan ustama haqlari undirib berishga erishildi. O‘rganishlar yakuniga ko‘ra jami 45-nafar xamshiralarga 2021-yilda to‘lab berilmagan 91 million so‘mdan ortiq ustama pullari to‘lab berildi.
Uychi tuman Ezgulik mahallasi, Amur Temur ko‘chasi 33-uyda yashovchi Sanobar Muydinovaning uzoq yillar mahalla fuqarolar yig‘ini tizimida kotib, xotin qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchi vazifalarida ishlaganligi, biroq foydalanilmagan ta’til pullari ololmaganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqilib, o‘rganish yakuniga ko‘ra fuqaroga 7 056 000 so‘m ta’til pullari to‘lab berilishi ta’minlandi.
Yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlarga hamohang tarzda Namangan viloyati adliya boshqarmasi va uning quyi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar aholinng murojaatlarini belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqib, ijobiy hal etishga o‘z xissalari qo‘shib kelmoqda.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi