Янгиликлар
Adliya aralashuvi bilan tadbirkor foydasiga 412 millionga yaqin pul mablag’i undiriladigan bo’ldi.
Mamlakatimizda jadal suratlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, qoʻyingchi xalqning farovon turmushini taʼminlashdek barcha ezgu-harakatlar zamirida fa

ol tadbirkorlar va ishbilarmon yurtdoshlarimizning hissasi katta. Ahamiyatli jihati shundaki, bugun ular har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda. Bunda tuman, shahar adliya boʻlimlarining oʻrni va ahamiyati beqiyos.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Norin tumani, Haqqulobod shahri, Yaydoq mahalla fuqarolar yigʻini, Muqimiy koʻchasi, 20-uyda yashovchi fuqaro Ravshan Yakubovning Norin tumani, Haqqulobod shahri markazida joylashgan buzilgan bino-inshooti uchun kompensatsiya pullari toʻlanmaganligidan noroziligi boʻlib qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.
Xususan, fuqaro oʻz murojaatida unga tegishli boʻlgan Norin tumani Haqqulobod shahri markazida joylashgan bino-inshootlar Norin tuman hokimligi tomonidan buzib tashlanib, 4 sotix yer ajratib berilib, hozirga qadar bino-inshoot uchun kompensatsiya pullari berilmaganligini bayon etgan.
Nam

angan viloyati adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan mazkur murojaat oʻrganilib, fuqaroga buzilgan “Savdo doʻkoni” bino-inshootlari uchun Norin hokimligi tomonidan R.Yakubov foydasiga 411 million 925 ming 528
soʻm miqdorida kompensatsiya puli toʻlab berilishi lozimligi aniqlandi.
Shundan soʻng, fuqaro manfaati koʻzlab Fuqarolik ishlar boʻyicha Uchqoʻrgʻon tumanlararo sudiga davo arizasi kiritilib, 412 millionga yaqin pul mablagʻini undirish boʻyicha Sudning hal qiluv qarori qabul qilishga erishildi.

Yurtimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagidagi fuqarolarga avvalo ishchanlik muhitini yaratib berish darkor. Agar uning faoliyatiga biror bir toʻsqinlik yoki turli byurokratik toʻsiqlar boʻlsa bu ishbilarmon soha vakillarining ish unumdorligiga salbiy taʼsir etadi. Tadbirkorning buzilgan huquqi tiklanishi ortidan uning hal boʻlmayotgan muammosi yechim topishi bilan birga, yangidan-yangi ish oʻrinlarini yaratilishiga zamin boʻladi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi
Inson xuquqlarini ximoya qilish bo'limi
.