Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

DAVLAT XIZMATLARI OLISHNING YANGI IMKONIYATI


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi  2022-yil 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashning mobil-id tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 479-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qoʻshimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi  joriy etildi

Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash boʻyicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalanadi

Sodda tilda aytganda uydan chiqmagan xolda shaxsiy telefon qurilmasi yordamida istalgan vakolatlar organiga elektron tarzda joriy etilgan  davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati hisoblanadi.

Mobil-ID tizimidan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

-OneID tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining portal va axborot tizimlariga kirishda foydalanuvchilarning shaxsini tasdiqlash (autentifikatsiya qilish);

-Mobil-ID tizimidan foydalanayotgan foydalanuvchining haqiqiyligini tasdiqlash (verifikatsiya qilish);

-elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha foydalanuvchilar tomonidan berilgan arizalarni tasdiqlash;

-foydalanuvchi oʻzining shaxsiga doir maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlari “Elektron hukumat” tizimi orqali olganda bu haqida xabarnomalar qabul qilish;

-foydalanuvchi oʻzining shaxsiga doir maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari, nodavlat tashkilotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali olishi uchun ruxsat berish;

-qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.

Mobil-ID tizimi orqali davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha berilgan arizalar mavjud identifikatsiya tizimlari vositasida hamda anʼanaviy shaklda (qogʻoz shaklda) berilgan arizalar bilan bir xil hisoblanadi

Mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qoʻllamagan holda barcha davlat xizmatlaridan (bundan kreditlash sohasida koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar mustasno) foydalanishi mumkin;

Foydalanuvchining Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyadan oʻtgan mobil telefon raqamiga yuboriladigan barcha xabarnoma hamda soʻrovlar uchun toʻlov foydalanuvchining mobil raqami hisobidan yechiladi.

Mobil-ID tizimi imkoniyatlaridan foydalanish uchun foydalanuvchining identifikatsiyadan oʻtgan mobil telefon raqamida yetarli mablagʻ boʻlishi kerak.

Foydalanuvchining Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazilgan mobil telefon raqamida yetarli mablagʻ mavjud boʻlmaganda ushbu raqamga Mobil-ID tizimidan xabarnomalar kelishi toʻxtaydi.

 Mobil-ID tizimidagi identifikatsiyaning muddati cheklanmaydi.

Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan oʻtish uchun fuqaro markaz yoki notarial idoraga murojaat qilinganda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli taqdim etadi hamda markaz yoki notarial idora xodimi tomonidan fuqaroning yuzi raqamli formatda rasmga tushiriladi, elektron shaklda qoʻl barmogʻi izi olinadi va mobil telefon raqami YAIDXPdagi shaxsiy kabinetga bogʻlanadi;

Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan oʻtish uchun fuqaro tomonidan YAIDXPning mobil ilovasidan foydalanilganda masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) usuli yoki ID-kartadagi elektron raqamli imzo qoʻllaniladi hamda mobil telefon raqami YAIDXPdagi shaxsiy kabinetga bepul bogʻlanadi;

Markazlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022-yil 31-dekabrga qadar toʻlov undirilmasdan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining (300 000 soʻm) 2 foizi-yaʼni: 6000 soʻm miqdorida bir martalik toʻlov undirilgan holda amalga oshiriladi.

Mazkur tizimdan faqat  jismoniy shaxslar (fuqarolar) foydalanishlari mumkin, yuridik shaxslar ushbu ilovadan foydalana olmaydilar.

Fuqaro Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtish uchun  markaz yoki notarial idoraga shaxsini tasdiqlovchi xujjatni asli bilan murojaat etadi,bunda ishonchnoma asosida yoki vakil orqali amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Kosonsoy tuman adliya bulimi boshlig’i
Naima Kamolova