Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Konstitusiyamizning yaratilishi tarixi


Konstitutsiyasi– islohotlarning muhim poydevori bo`lib, har bir mustaqil davlatning taraqqiyot yo'lini belgilanganligini, milliy davlatchilik, yangi siyosiy-ijtimoiy tizim barpo etish, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishning huquqiy poydevorini yaratib berganligini ko`rsatib turadi. Mazkur Konstitutsiyasiga asoslanib qonunlar yaratiladi, o`zgartiriladi hamda bekor qilinadi.

Har bir narsani yaratilishi bo`lganidek, bizning qomusiy qonunimizning ham yaratilish tarixi mavjud bo`lib, ilk bor 1990-yilning mart oyida o‘n ikkinchi chaqiriq Oliy Kengashning birinchi sessiyasida Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi ilgari surilgan. Bunga asosan 1990-yil 21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov raisligida davlat arboblari, deputatlar, mutaxassislardan iborat 64 nafar a’zoni o‘zida jamlagan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilgan. Komissiya tomonidan 1991-yil 31-avgustda, o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni, umumxalq bayrami deb e’lon qilinib, Oliy Kengash O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Bayonot qabul qilinib “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilingan

Yangi Konstitutsiyaning birinchi loyihasi 1992-yil 26-sentabr kuni tayyor bo‘lgan va shu kuni matbuotda chop etilgan. Konstitutsiyaviy komissiyaga fikr-mulohazalar bildirilgan 600 taga yaqin xat kelib tushgan. Mazkur taklif va mulohazalarga asosan 1992-yil 21-noyabrda umumxalq muhokamasini davom ettirish uchun Konstitutsiya loyihasi ikkinchi marta gazetalarda chop etilgan. Shundan so`ng 1992-yil 6-dekabrda Konstitutsiya loyihasi oxirgi marta muhokama etilib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya kabi demokratik davlatlar mutaxassislarining sinchkov ekspertizasidan o‘tkazilgan.

Konstitutsiya loyihasi o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasi muhokamasiga kiritilib, 1992-yil 8-dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilinib, shu kundan e’tiboran, 8-dekabr – umumxalq bayrami deb e’lon qilingan.

 

 

Namangan tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi

Jahongir Musaboyev