Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Adliya aralashuvi bilan fuqaroning murojaatiga ijobiy yechim topildi.


Aholi va tadbirkorlik subʼektlarining murojaatlarini qonuniy tartibda koʻrib chiqish, ularni tegishliligi boʻyicha bartaraf etish yoʻlida tuman, shahar adliya boʻlimlari fuqarolarga yaqinda koʻmakchi vazifasini oʻtamoqda. 

Mingbuloq tumani, Baland-Gurtepa mahallasida yashovchi Hoshimjon Ergashev farzandini vafot etgani lekin, oʻz vaqtida oʻlim guvohnomasini olmagani hozirga kelib esa, mazkur muammoni bartaraf etishda amaliy yordam soʻrab tumani adliya boʻlimiga murojaat qiladi. Oʻrganish davomida murojaatchining farzandi 1990-yil 28-iyul kuni dunyoga kelgan. Farzandiga esa oʻrnatilgan tartibda tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma olgan. 

Oradan qisqa vaqt oʻtib, fuqaroning qiz farzandi vafot etgan. Shu paytda ota-onaning eʼtiborsizligi sabab farzandni oʻlimi qayd qilinmagan. Yillar oʻtib esa, shu bir parcha qogʻoz fuqarolarning ortiqcha yugur-yugurlariga sabab boʻldi. Boʻlim tomonidan murojaat yuzasidan tegishli hujjatlar toʻplanib, fuqaro manfaatini koʻzlab fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi. Shundan soʻng, sud tomonidan daʼvo arizasi qanoatlantirilib, shu kunning oʻzida hal qiluv qarori qabul qilindi.

Yana bir fuqaro Buqoriyaxon Joʻrayeva viloyat silga qarshi kurashish dispanserida sanitarka lavozimida ishlagan davrini imtiyozli ish staji sifatida hisobga olinishini sud orqali tasdiqlashda amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan. Tuman adliya boʻlimi xodimlari murojaat yuzasidan tegishli hujjatlar toʻplab, fuqaro manfaatini koʻzlab fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritilib, fuqaroning manfaatiga hal qiliv qarori qabul qilinishiga erishildi.

Yurtimizda inson qadrini ulugʻlash, ularning muammo va masalalarini ijobiy hal etilishiga koʻmaklashish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. Buning natijasi oʻlaroq, fuqarolarining davlat idoralariga boʻlgan ishonchini yanada ortishiga zamin yaratmoqda.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi