Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Namanganda ilk bor “Huquqiy zakovat intellektual oʻyini” oʻtkazildi.


Yurtimizda barcha korxona va tashkilot xodimlarini har tomonlama bilimli, yetuk kadr boʻlib shakllanishiga eʼtibor qaratilayotgani oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. 

Bu borada Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan ham xodimlarining oʻz isteʼdodlarini roʻyobga chiqarishlari uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.
“Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘Zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayramning 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlarini keng miqyosida oʻtkazish maqsadida xodimlar oʻrtasida turli sport musobaqalari, kitobxonlik, zakovatni oʻyinlari hamda turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

Jumladan, Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining tashabbusi bilan tizim xodimlari oʻrtasida Zakovat intellektual musobaqasi oʻtkazildi. Unda, viloyat adliya boshqarmasi, davlat xizmatlari markazlari, Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, adliya boʻlimlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari hamda Yuridik texnikumi xodimlaridan iborat 6 ta jamoa gʻoliblik uchun bahs olib bordilar.

“Zakovat” intellektual oʻyini davomida xodimlarning Huquq, Geografiya, Tarix va boshqar sohadagi bilim va koʻnikmalari sinovdan oʻtkazildi.
 
Murosasiz kechgan bilimlar bellashuvida 3-oʻrinni tuman (shahar) adliya boʻlimlaridan tashkil topgan “Adliya boʻlimlari” jamoasi, 2-oʻrinni viloyat adliya boshqarmasi jamoasi qoʻlga kiritgan boʻlsa, faxrli birinchi oʻringa  Namangan viloyat Yuridik texnikumi jamoasi loyiq, deb topildi.

Tadbir soʻnggida gʻolib va sovrindorlar Namangan viloyat adliya boshqarmasining diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi