Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Namangan viloyatida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholandi


Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga asosan “BUSINESS INDICATOR” Tizimi orqali 2022-yil I yarim yilligi boʻyicha Namangan viloyatida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi baholandi.

Ushbu davr uchun baholash va reyting natijalarini aniqlash tegishli tashkilotlar tomonidan Tizimga kiritilgan statistik maʼlumotlar orqali amalga oshirildi.

(Toʻliq maʼlumotlar bilan b-indicator.uz sayti orqali tanishish mumkin)


Namangan viloyat adliya boshqarmasi

I. Umumiy ahvol

2022-yil 1-yarim yilligi uchun hududlarining biznes reytingini shakllantirish 21 ta asosiy indikator asosida amalga oshirildi.

Maʼlumot uchun: ushbu indikatorlardan 17 tasi vakolatli organlar tomonidan kiritilgan statistik maʼlumotlar asosida, 4 tasi tadbirkorlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalari asosida shakllantiriladi.

Namangan viloyatida ushbu yoʻnalishlarning 1 tasi aʼlo, 4 tasi yaxshi, 4 tasi qoniqarli va 12 tasi qoniqarsiz deb topildi. (Oʻtgan yilning mos davrida yoʻnalishlarning
3 tasi – aʼlo, 2 tasi – yaxshi, 5 tasi – qoniqarli va 11 tasi qoniqarsiz deb topilgan)

Maʼlumot uchun: Qaror bilan tadiqlangan Nizomning 16-bandiga asosan 9–10 ball “namunali”, 7–9 ball “yaxshi”, 5–7 ball “qoniqarli”, 5 va undan past ball “qoniqarsiz” hisoblanadi.

Jumladan, Namangan viloyati “Biznes indikator”da 2022-yil 1-yarim yillik natijalariga koʻra 5,8 ball bilan 7-oʻrinni egalladi.


Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Mazkur jadvaldan koʻrish mumkinki, “Biznes indikator” reytingida Namangan viloyati dastlab 2019-yilda 5,8 ball bilan respublikada 9-oʻrinni egallagan boʻlsa,
2020-yilda 6,2 ball bilan 2-oʻringa koʻtarilgan. Biroq, 2021-yilda pasayish kuzatilib
5,8 ball bilan 6-oʻringa tushgan.

Shu kabi 2020-yilning 1-yarim yilligida 5,9 ball bilan 4-oʻrinni, 2021-yilning 1-yarim yilligida 5,8 ball bilan 6-oʻrinni, 2022-yil 1-yarim yilligida 5,8 bilan bilan 7-oʻrinni egalladi.

Bu esa, 2022-yil yakuni boʻyicha Namangan viloyati respublika miqyosida “Biznes indikator” reytingida yanada past pogʻonani egallashi mumkinligini bildiradi.

Qayd etish kerakki, Namangan viloyati biznes reytingini shakllantirish 21 ta asosiy indiatorlaridan mulk huquqining daxlsizligi indikatori (1) boʻyicha 2019-yilda
3,6 ball olgan boʻlsa, 2020-2021 va 2022-yilning 1-yarim yilligida natijalar koʻtarilib
10 ballni tashkil etgan hamda viloyat mazkur inldikator boʻyicha aʼlo baholangan.

Tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlar indikatori (2) boʻyicha, Namangan viloyati 2019-yilda 7,3 ball, 2020-yil 1-yarim yilligida 1 ball, 2020-yilda 1,7 ball, 2021-yil 1-yarim yilligida 1,7 ball, 2021-yilda 6,5 ball bilan baholangan. 2022-yil 1-yarim yilligida esa mazkur yoʻnalishda natija koʻtarilib 8,8 ball bilan baholangan.

Maʼlumot uchun, mazkur koʻrsatkich boʻyicha Namangan viloyati eng past ballni
2020-yilda qayd etgan.

Davlat xizmatlarini koʻrsatishda qonun hujjatlariga rioya qilinishi indikatori (3) boʻyicha Namangan viloyati 2019-yilda 9,5 ball, 2020-yil 1-yarim yilligida 9,9 ball,
2020-yilda 9,9 ball, 2021-yil 1-yarim yilligida 9,8 ball, 2021-yilda 9 ball bilan baholangan.

Biroq, 2022-yil 1-yarim yilligida natijalarda pasayish kuzatilib 6,1 ball bilan baholangan.

Maʼlumot uchun, mazkur koʻrsatkich boʻyicha Namangan viloyati eng past ball 2022-yil
1-yarim yiligida qayd etildi.

Tadbirkorlik faoliyatini tekshirish va taftish qilish indikatori (4) boʻyicha Namangan viloyati 2019-yilda 8 ball, 2020-yil 1-yarim yilligida 9,2 ball, 2020-yilda
9 ball, 2021-yil 1-yarim yilligida 6,6 ball, 2021-yilda 4,9 ball, 2022-yil 1-yarim yilligida 8,8 ball bilan baholangan.

Maʼlumot uchun, mazkur koʻrsatkich boʻyicha Namangan viloyati eng past ballni
2021-yilda qayd etgan.

Majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq nizolar indikatori (5) boʻyicha Namangan viloyati 2019-yilda 6,4 ball, 2020-yil 1-yarim yilligida 8,4 ball, 2020-yilda
8,1 ball, 2021-yil 1-yarim yilligida 7,9 ball, 2021-yilda 7 ball, 2022-yil 1-yarim yilligida 7,3 ball bilan baholangan.

Maʼlumot uchun, mazkur koʻrsatkich boʻyicha Namangan viloyati eng past ballni
2019-yilda qayd etgan.

Tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy madaniyati indikatori (6) boʻyicha Namangan viloyati 2019-yilda 8,3 ball, 2020-yil 1-yarim yilligida 7,6 ball, 2020-yilda
7,3 ball, 2021-yil 1-yarim yilligida 5,3 ball, 2021-yilda 4,3 ball, 2022-yil 1-yarim yilligida esa mazkur yoʻnalishda natija koʻtarilib 7,8 ball bilan baholangan.

Maʼlumot uchun, mazkur koʻrsatkich boʻyicha Namangan viloyati eng past ballni
2021-yilda qayd etgan.

Tadbirkorlik subyektlarining yashovchanligi indikatori (7) boʻyicha Namangan viloyati 2019-yilda 3,5 ball, 2020-yil 1-yarim yilligida 3,1 ball, 2020-yilda 3,2 ball,
2021-yil 1-yarim yilligida 4,2 ball, 2021-yilda 3,4 ball, 2022-yil 1-yarim yilligida esa mazkur yoʻnalishda natija koʻtarilib 6,8 ball bilan baholangan.

Maʼlumot uchun, mazkur koʻrsatkich boʻyicha Namangan viloyati eng past ballni 2020-yilda qayd etgan.

Tadbirkorlarning kreditlari boʻyicha kompensatsiyalar ndikatori 8) boʻyicha Namangan viloyati 2019-yilda 4,5 ball, 2020-yil 1-yarim yilligida 2,8 ball, 2020-yilda
2,2 ball, 2021-yil 1-yarim yilligida 3,2 ball, 2021-yilda 5,4 ball bilan baholangan.

Biroq, 2022-yil 1-yarim yilligida natijalarda pasayish kuzatilib 3,5 ball bilan baholangan.

Maʼlumot uchun, mazkur koʻrsatkich boʻyicha Namangan viloyati eng past ballni
2020-yilda qayd etgan.

Boʻsh turgan bino-inshootlar va uchastkalardan foydalanish indikatori (9) boʻyicha Namangan viloyati 2019-yilda 9,7 ball, 2020-yil 1-yarim yilligida 9,6 ball,
2020-yilda 4,3 ball, 2021-yil 1-yarim yilligida 5,1 ball, 2021-yilda 5,1 ball bilan baholangan.

Biroq, 2022-yil 1-yarim yilligida natijalarda pasayish kuzatilib 4,6 ball bilan baholangan.

Maʼlumot uchun, mazkur koʻrsatkich boʻyicha Namangan viloyati eng past ballni
2020-yilda qayd etgan.

Tadbirkorlar hisobvaraqlariga band solinganligi indikatori (10) boʻyicha Namangan viloyati 2019-yilda 4,9 ball, 2020-yil 1-yarim yilligida 3,8 ball, 2020-yilda
4,1 ball, 2021-yil 1-yarim yilligida 2,7 ball, 2021-yilda 2,3 ball bilan 2022-yil 1-yarim yilligida 3,1 ball bilan baholangan.

Maʼlumot uchun, mazkur koʻrsatkich boʻyicha Namangan viloyati eng past ballni
2021-yilda qayd etgan.

Tadbirkorlarning asosiy kapital qoʻyilmalari indikatori (11) boʻyicha Namangan viloyati 2019-yilda 1,7 ball, 2020-yil 1-yarim yilligida 1,9 ball, 2020-yilda 2,3 ball,
2021-yil 1-yarim yilligida 1,6 ball, 2021-yilda 1,5 ball, 2022-yil 1-yarim yilligida esa mazkur yoʻnalishda natija koʻtarilib 3,7 ball bilan baholangan.

Maʼlumot uchun, mazkur koʻrsatkich boʻyicha Namangan viloyati eng past ballni
2021-yilda qayd etgan.

Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari indikatori (12) boʻyicha Namangan viloyati 2019-yilda 7 ball, 2020-yil 1-yarim yilligida 6,7 ball, 2020-yilda 7,4 ball, 2021-yil 1-yarim yilligida 9,5 ball, 2021-yilda 8,3 ball bilan baholangan.

Biroq, 2022-yil 1-yarim yilligida natijalarda pasayish kuzatilib 4,7 ball bilan baholangan.

Mazkur koʻrsatkich boʻyicha natijalarning salbiy boʻlishini 2022-yil 1-yarim yilligida kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar soni hamda kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar summasini “Biznes indikator”ga kiritilmaganligi bilan izohlash mumkin.

Maʼlumot uchun, mazkur koʻrsatkich boʻyicha Namangan viloyati eng past ballni
2022-yil 1-yarim yilligida qayd etdi.

Tadbirkorlikning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi indikatori (13) boʻyicha Namangan viloyati 2019-yilda 3,6 ball, 2020-yil 1-yarim yilligida

2,8 ball, 2020-yilda 3 ball, 2021-yil 1-yarim yilligida 2,9 ball, 2021-yilda 4 ball bilan baholangan.

Biroq, 2022-yil 1-yarim yilligida natijalarda pasayish kuzatilib 2,3 ball bilan baholangan.

Maʼlumot uchun, mazkur koʻrsatkich boʻyicha Namangan viloyati eng past ballni
2022-yil 1-yarim yilligida qayd etdi.

Tadbirkorlar uchun tashkillashtirilgan oʻquv-seminarlar indikatori (14) boʻyicha Namangan viloyati 2019-yilda 5,5 ball, 2020-yil 1-yarim yilligida

5,8 ball, 2020-yilda 6,3 ball, 2021-yil 1-yarim yilligida 6,5 ball, 2021-yilda 3,9 ball bilan baholangan.

Biroq, 2022-yil 1-yarim yilligida natijalarda pasayish kuzatilib 1,9 ball bilan baholangan.

Maʼlumot uchun, mazkur koʻrsatkich boʻyicha Namangan viloyati eng past ballni
2022-yil 1-yarim yilligida qayd etdi.

Tadbirkorlar tomonidan aholini ish bilan taʼminlash indikatori (15) boʻyicha Namangan viloyati 2019-yilda 1,1 ball, 2020-yil 1-yarim yilligida 6,3 ball, 2020-yilda
7,7 ball, 2021-yil 1-yarim yilligida 3,4 ball, 2021-yilda 3,3 2022-yil 1-yarim yilligida
3,7 ball bilan baholangan.

Maʼlumot uchun, mazkur koʻrsatkich boʻyicha Namangan viloyati eng past ballni
2019-yilda qayd etgan.

Tadbirkorlar uchun kreditlar ajratilishi indikatori (16) boʻyicha Namangan viloyati 2019-yilda 2,8 ball, 2020-yil 1-yarim yilligida 3 ball, 2020-yilda 4,3 ball, 2021-yil 1-yarim yilligida 2,1 ball, 2021-yilda 2,9 ball bilan baholangan.

Biroq, 2022-yil 1-yarim yilligida natijalarda pasayish kuzatilib 1,5 ball bilan baholangan.

Maʼlumot uchun, mazkur koʻrsatkich boʻyicha Namangan viloyatida eng past ball
2022-yil 1-yarim yilligida qayd etildi.

Tadbirkorlarning davlat byudjet tushumlaridagi ulushi indikatori (17) boʻyicha Namangan viloyati 2019-yilda 1,7 ball, 2020-yil 1-yarim yilligida 1,9 ball, 2020-yilda
2,1 ball, 2021-yil 1-yarim yilligida 1,9 ball, 2021-yilda 1,6 ball bilan baholangan.

Biroq, 2022-yil 1-yarim yilligida natijalarda pasayish kuzatilib 1,4 ball bilan baholangan.

Maʼlumot uchun, mazkur koʻrsatkich boʻyicha Namangan viloyatida eng past ball
2022-yil 1-yarim yilligida qayd etildi.

Homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish indikatori (18) boʻyicha Namangan viloyati 2019-yilda 7,6 ball, 2020-yil 1-yarim yilligida 3,5 ball, 2020-yilda
4,6 ball, 2021-yil 1-yarim yilligida 4,7 ball 2022-yil 1-yarim yilligida esa 6,6 ball bilan baholangan.

Maʼlumot uchun, mazkur koʻrsatkich boʻyicha Namangan viloyatida eng past ball
2020-yil 1-yarim yilligida qayd etildi.

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish va taʼminlanganligi indikatori (19) boʻyicha Namangan viloyati 2019-yilda 2,9 ball, 2020-yil 1-yarim yilligida 1,9 ball, 2020-yilda 5 ball, 2021-yil 1-yarim yilligida 3 ball 2022-yil 1-yarim yilligida esa 4,8 ball bilan baholangan.

Maʼlumot uchun, mazkur koʻrsatkich boʻyicha Namangan viloyatida eng past ball
2020-yil 1-yarim yilligida qayd etilgan.

Tadbirkorlarning davlat tashkilotlariga boʻlgan ishonchi indikatori (20) boʻyicha Namangan viloyati 2019-yilda 5,6 ball, 2020-yil 1-yarim yilligida 5 ball, 2020-yilda
8,4 ball, 2021-yil 1-yarim yilligida 5,4 ball 2022-yil 1-yarim yilligida esa 5,1 ball bilan baholangan.

Maʼlumot uchun, mazkur koʻrsatkich boʻyicha Namangan viloyatida eng past ball
2020-yil 1-yarim yilligida qayd etilgan.

Bank xizmatlari koʻrsatilishi sifati indikatori (21) boʻyicha Namangan viloyati
2019-yilda 4,2 ball, 2020-yil 1-yarim yilligida 3,8 ball, 2020-yilda 6,9 ball, 2021-yil
1-yarim yilligida 3,2 ball 2022-yil 1-yarim yilligida esa 3,4 ball bilan baholangan.

Maʼlumot uchun, mazkur koʻrsatkich boʻyicha Namangan viloyatida eng past ball
2021-yil 1-yarim yilligida qayd etilgan.

II. 2022-yil 1-yarim yilligida 2021-yilning mos davriga nisbatan boʻlgan oʻzgarishlar tahlili

a) 2022-yilning I yarim yilligida quyidagi 9 ta yoʻnalish natijalari salbiy tomonga oʻzgargan. Jumladan:

– joriy yilning 6 oyligida tadbirkorlik subyektlariga qonunchilikda belgilangan
tartib-taomillar buzilgan holda 1 250 ta davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, ushbu miqdor jami koʻrsatilgan davlat xizmatlarining qariyb 2,8% qismini tashkil etgan va
6,1 ball bilan baholangan;

Maʼlumot uchun, 2021-yilning mos davrida koʻrsatilgan jami davlat xizmatlarining

0,48 % qismida qonunbuzilishi holatlari aniqlangan va 9,8 ball bilan baholangan.

– sudlarda tadbirkorlar ishtirokida koʻrib chiqilgan nizolar soni 7 876 tani tashkil etib, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 2 482 taga ortgan. Natijada 7,3 ball bilan baholangan;

Maʼlumot uchun: 2021-yilning birinchi yarmida tadbirkorlar ishtirokida sudlarda koʻrib chiqilgan nizolar soni 5 394 tani tashkil etgan va 7,9 ball bilan baholangan.

– boʻsh turgan bino-inshootlar va yer uchastkalarni tadbirkorlik faoliyati uchun berish indikatori oʻtgan davrga nisbatan kamayib, 4,6 ball bilan baholangan;

Maʼlumot uchun: 2021-yilning mos davrida boʻsh turgan bino-inshootlar va yer uchastkalarni tadbirkorlik faoliyati uchun berish indikatori 5,1 ballni tashkil etgan.

– erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida boʻyicha qariyib 2 baravar kamayib,
4,7 ball bilan baholangan;

Maʼlumot uchun: 2021-yilning mos davrida viloyatdagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari boʻyicha koʻrsatkich 9,5 ballni tashkil etgan.

– tadbirkolikning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi boʻyicha ham qariyib
2 baravar kamayib, 2,3 ball bilan baholangan;

Maʼlumot uchun: 2021-yilning mos davrida tadbirkolikning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 2,9 ballni tashkil etgan.

– tadbirkorlik subyektlari uchun tashkillashtirilgan oʻquv-seminarlar soni qisqarib, jami 105 038 ta tadbirkorga 105 ta oʻquv-seminarlar tashkil etilgan hamda 1,9 ball bilan baholangan;

Maʼlumot uchun: 2021-yilning mos davrida jami 54 44 ta tadbirkorga 161 ta

oʻquv-seminarlar tashkil etilgan hamda 6,5 ball bilan baholangan.

– tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga ajratilgan kredit miqdori kamaygan boʻlib, joriy yilning dastlabki yarmida jami 1 729 804,158 mln. soʻm kredit ajratilgan
va 1,5 ball bilan baholangan;

Maʼlumot uchun: 2021-yilning mos davrida jami ajratilgan kredit miqdori
2 116 667,033 mln.soʻmni tashkil etgan va 2,1 ball bilan baholangan.

– tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat byudjetiga toʻlanadigan tushumlar kamaygan boʻlib, 1,4 ball bilan baholangan;

Maʼlumot uchun: 2021-yilning mos davrida tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat byudjetiga toʻlanadigan tushumlar indikatori boʻyicha 1,9 ball bilan baholangan.

– tadbirkorlarning davlat tashkilotlariga boʻlgan ishonchi koʻrsatkichi kamaygan boʻlib 5,1 ball bilan baholangan.

Maʼlumot uchun: 2021-yilning mos davrida tadbirkorlarning davlat tashkilotlariga boʻlgan ishonchi 5,4 ballni tashkil etgan.

b) shu bilan birga, 2022-yilning I yarim yilligida quyidagi 7 ta yoʻnalishlar boʻyicha natijalar ijobiy tomonga oʻzgargan.

– tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushgan murojaatlar soni deyarli 2,5 baravar qisqarib, jami 1 393 tani tashkil etgan va 8,8 ball bilan baholangan;

Maʼlumot uchun: 2021-yilning mos davrida tadbirkorlik subyektlari tomonidan jami 3 291 ta murojaat yoʻllangan hamda 7 ball bilan baholangan.

– tadbirkorlik faoliyatida oʻtkazilgan tekshirish va taftishlar soni kamayib,
jami 5 411 tani tashkil etgan. Bu koʻrsatkich har 1000 ta tadbirkor uchun 19 tadan tekshirish toʻgʻri kelgan hamda 8,8 ball bilan baholangan;

Maʼlumot uchun: 2021-yilning dastlabki yarmida tadbirkorlik faoliyatida oʻtkaziladigan tekshirish va taftishlar soni 2 864 tani tashkil etib, har 1000 ta tadbirkor uchun 20 tadan tekshirish toʻgʻri kelgan hamda 6,6 ball bilan baholangan.

– tadbirkorlik subyektlarining iqisodiy madaniyati darajasi 7,8 ball bilan baholangan;

Maʼlumot uchun: 2021-yilning mos davrida mazkur koʻrsatkich 5,3 ballni tashkil etgan.

– tadbirkorlarning yashovchanlik darajasi koʻrsatkichi joriy yilda 6,8 ball bilan baholangan;

Maʼlumot uchun: 2021-yilning mos davrida mazkur koʻrsatkich 4,2 ballni tashkil etgan.

– tadbirkorlarning asossiy kapital qoʻyilmalari darajasi 3,7 ball bilan baholangan;

Maʼlumot uchun: 2021-yilning mos davrida mazkur koʻrsatkich 1,6 ballni tashkil etgan.

– joylarda tadbirkorlarni homiylik va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish holatlari soni kamaygan boʻlib, 6,6 ball bilan baholangan;

Maʼlumot uchun: 2021-yilning mos davrida mazkur indikatorda Namangan viloyati

4,7 ball bilan baholangan.

– tadbirkorlarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish va taʼminlanganligi darajasida ham koʻtarilish kuzatilgan. Xususan, mazkur koʻrsatkich boʻyicha 4,8 ball bilan baholangan.

Maʼlumot uchun: 2021-yilning mos davrida mazkur koʻrsatkich boʻiycha Namangan viloyati 3 ball bilan baholangan.

s) shuni alohida qayd etish kerakki, 2022-yilning davstlabki yarim yilligida yuqoridagi koʻrsatkichlardan 5 tasi, yaʼni mulk huquqi daxlsizligining taʼminlanganligi (1), tadbirkorlarning kredit xarajatlari boʻyicha kompensatsiyalar (2), tadbirkorlar hisobvaraqlariga band solinganligi (3), tadbirkorlar tomonidan aholini ish bilan taʼminlash (4), bank xizmatlari koʻrsatilishi sifati (5) kabi mezonlarda sezilarli oʻzgarish kuzatilmagan.

III. Tuman (shahar)lar kesimida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi

Qarorga muvofiq tuman (shahar)lar “BUSINESS INDICATOR” AAT orqali 10 ta koʻrsatkich boʻyicha baholanadi.

Namangan viloyatining 12 ta tuman (shahar)lari baholangan boʻlib, 2022-yilning
I yarim yilligida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi reytingi quyidagicha boʻldi:


Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Yuqoridagi jadvaldan koʻrinib turibdiki, Namangapn viloyatida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi boʻyicha “Chortoq” va “Yangiqoʻrgʻon” tumanlari doimiy ravishda past ball bilan baholanib, eng soʻnggi oʻrinlarni egallab kelgan.

“Namunali” tuman (shahar) mavjud emas (2019-yildan joriy yilning 1-yarmiga qadar Namangan viloyatining birorta tuman (shahar)lari namunali deb topilmagan);

“yaxshi” – 4 ta, Namangan, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi tumanlari va Namangan shahri (oʻrtacha 7,1 ball). (2021-yilning I yarim yilligida 5 ta tuman (shahar) “yaxshi” deb topilgan).

eng yuqori: Namangan tumani 7,2 ball (2021-yilning mos davrida Namangan
shahri – 7,7 ball);

eng past: Yangiqoʻrgʻon tumani 5,4 ball.

“qoniqarli” – 8 ta tuman (oʻrtacha 6,7 ball). (2021-yilning mos davrida

7 ta tuman (shahar) “qoniqarli” deb topilgan).

eng yuqori: Chust, Pop, Kosonsoy tumanlari 6,8 balldan;

eng past: Yangiqoʻrgʻon tumani 6,4 ball.

Shuni alohida aytish lozimki, Namangan viloyati tuman (shahar)lari orasida “qoniqarsiz” deb topilgan hudud mavjud emas.

Xususan, Namangan tumani mulk huquqi daxlsizligi taʼminlanganligi (10 ball), tadbirkorlarning davlat tashkilotlariga boʻlgan ishonchi (6,6 ball), tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlar (9,8 ball), bank xizmatlarini koʻrsatish sifati (6,9 ball), Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish va taʼminlanganligi (7,1 ball) yoʻnalishlari boʻyicha yuqori ball olgan.

Shu bilan birga, Yangiqoʻrgʻon tumani viloyat boʻyicha eng quyi koʻrsatkichga ega boʻlib, 3 ta yoʻnalish boʻyicha “qoniqarsiz” natija koʻrsatgan. (2021-yilning birinchi yarim yilligida viloyatda 6,9 ball bilan 7-oʻrinni egallagan).

Jumladan, tadbirkorlarning davlat budjetidagi ulushi boʻyicha 1,1 ball, tadbirkorlarni homiylik va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish boʻyicha oʻtkazilgan soʻrov boʻyicha 2,5 ball va tadbirkorlar tomonidan aholini ish bilan taʼminlash boʻyicha
3,5 ball natija koʻrsatgan.

Ahamiyatlisi shundaki, mulk huquqining daxlsizligi taʼminlanganligi indikatori boʻyicha Namangan viloyati respublikada eng yuqori koʻrsatkichga erishib kelmoqda.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
Huquqni qoʻllash amaliyotini
oʻrganish boʻlimi