Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Korxona va tashkilotlarda ijro intizomini kim nazorat qiladi?


Tartib-intizom har joyda zarur. Ezgu maqsadga ham, yuksak samaradorlikka ham tartib-intizom tufayligina erisha olamiz. O‘z navbatida, har bir davlat organining vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda ijro intizomi muhim o‘rin egallaydi. Davlat organiga kelib tushayotgan har bir hujjatni ro‘yxatga olish va uning ijro muddatini belgilash qat’iy tartib asosida amalga oshiriladi. Hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish tartibi ham mukammal ko‘rsatilgan bo‘lib, bu har bir hujjatning o‘z vaqtida ijro qilinishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 140-son “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qarori huquqiy mexanizm vazifasini o‘tamoqda. Ijro intizomini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan elektron hujjat aylanishi tizimi tashkil etilgan. Har bir hujjatning ijro muddati o‘z vaqtida belgilab qo‘yiladi va doimiy nazorat qilib boriladi. Bunda davlat organlari “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va markaziy muassasalari apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha namunaviy Yo‘riqnoma” asosida faoliyat yuritadi. Mazkur Yo‘riqnomada boshqaruv faoliyatini hujjatlashtirish, kelgan xat-xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va jo‘natish, jo‘natiladigan hujjatlarni ishlash tartibi, hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va indekslash qoidalari aniq belgilangan.

Ish yuritish va uning ahvoli uchun javobgarlik tashkilot va idoralarda ishlar boshqarmasi, umumiy bo‘lim, kanselyariyaga, kotibga hamda shaxsan – tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari zimmasiga yuklanadi.

Agarda, ish yuritish uchun mas’ul bo‘lgan xodim mehnat ta’tilida bo‘lganida yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z vazifasini bajara olmagan hollarda uning vazifasini mansab yo‘riqnomasi bo‘yicha biriktirilgan xodim yoki tarkibiy bo‘linma rahbarining topshirig‘iga muvofiq boshqa xodim bajaradi.

Ish yurituvchi va xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod etilganda yoki boshqa ishga o‘tkazilganda, uning ish yurituvida bo‘lgan barcha hujjatlar yangi tayinlangan xodimga yoki uning vazifasini bajarish vaqtincha yuklatilgan xodimga topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida topshiriladi.

Ishga yangi qabul qilingan xodimlar tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari tomonidan tashkilot va idora tuzilmasi bilan va belgilangan ish tartibi hamda tashkilotda ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishtirilishi kerak.

 

Rejalashtirish va samaradorlikni

baholash bo‘limi boshlig‘i

M.Mamatkulov