Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Jahongir va Sunnatillo tugʻilganlik guvohnomasini endi oldi.


Hayortda turli yumishlar bilan andormon boʻlib, inson uchun zarur boʻlgan hujjatlarni oʻz vaqtida qayd etilmaslik yillar oʻtib turli ovvoragarchiliklarga sabab boʻlishi mumkin.

Yangi Namangan tumanida istiqomat qiluvchi Shohida Xolmurodova ikki farzandining tugʻilganlik guvohnomasi yoʻqligi bois tuman FHDY boʻlimiga murojaat qildi. Uning murojaati boʻlim tomonidan koʻrib chiqilib, fuqaroga amaliy yordam koʻrsatildi.

Xususan, fuqaro Xolmurodova Shoxida 2007- yil 7- fevral hamda 2012- yil 1-yanvar kunlari uy sharoitida tibbiy yordamsiz ikki nafar oʻgʻil farzandni dunyoga keltirganligi, hozirda farzandlarini tugʻilganligini rasmiylashtirilmaganligini maʼlum boʻldi.

Murojaatchiga tugʻilishni qayd etish uchun kerakli boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etish uchun FHDY boʻlimi tomonidan tashkilotlarga aloqa xatlar bilan murojaat qilindi. Buning natijasida esa, joriy yilning 17- oktabr kuni murojaatchining Sunnatillo Xurmatullayev hamda Jahongir Xurmatullayev tugʻilishlari qayd etildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi