Янгиликлар
20
Advokat va yoshlar uchrashuvi. Maqsad, talabalarni sohaga qiziqtirish.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq islohotlarining muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashning samarali institutlaridan biri bo‘lgan advokaturaning roli va

Sud ishini yuritishning barcha bosqichlarida tomonlar tortishuvi prinsipining lozim darajada ishlashini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirildi, advokatlarning professional faoliyatini bajarishi uchun zarur qonunchilik bazasi yaratildi.
Advokatlarning mavqe va obrosi oshirilib, qonununiy himoyasi kuchaytirildi. Bu o’z navbatida Advokatura sohasida faoliyat olib boruvchilar sonini kecskin ortishiga sabab bo’ldi. Lekin, advokatlar soni qanchalik ko’p bo’lmasin hozirgi kunda kishi boshiga xisob-kitob qilinadigan bo’lsa mazkur soha vakillariga ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatda faoliyat olib borayotgan advokatlar va yuridik texnikum yoshlari o’rtasida uchrashuv o’tkazildi. Unda, advokatura sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularga yaratilgan sharoitlar xususida fikr-mulohaza almashildi. Shuningdek, tizimda faoliyat olib borishni istagan yoshlarga yo’l-yo’riqlar ko’rsatildi.
Advokat bo’lishi istagidagi yosh o’g’il-qizlarga sohani chinakam egasi bo’lish uchun o’qib izlanish, shu bilan birga tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan ustoz-shogird an’analari asosida ish olib borish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.
Uchrashuv so’nggida texnikum talabalarining savollariga tajribali advokatlar tomonidan javob qaytarildi.
Bu kabi uchrashuv va muloqotlarni muntazam tarzda o’tkazib borilishidan ko’zlagan maqsad, talaba yoshlarni bir maqsad yo’lida birlashtirish va ularning mazkur sohaga qiziqtirishdan iborat.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi