Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Minbuloq tumani adliya bo‘limi 9 oyda 248 ta murojaatni qanoatlantirdi.


Mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimi tubdan takomillashtirilib, fuqarolarning bu boradagi huquq va manfaatlari to‘la ta’minlanmoqda. Namangan viloyati adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rnida ko‘rib chiqilishi esa aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirmoqda.

Bugun mamlakatimizda davlat organlarining xalq oldidagi hisobdorligini kuchaytirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar qizg‘in tus olgan. Bu jarayonda xalq bilan ochiq muloqot o‘tkazish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni qonun talablari asosida hal etish va pirovardida inson manfaatlarini ta’minlash muhim o‘rin tutmoqda. Ayniqsa, tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan fuqarolarning muammo va masalalariga alohida e’tibor qaratib, ularning buzilgan huquqlari qonuniy tartibda tiklab berilmoqda.
Jumladan, Minbuloq tumani adliya bo‘limiga 2022 yilning oyi davomida jismoniy va yuridik shaxs vakillaridan 261 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 55 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 248 ta murojaat qanoatlantirilgan. Buning natijasida 12 ta taqdimnoma va 90 ta da’vo arizalari kiritilib, 824 million so‘mdan ziyod pul mablag‘lari undirilishiga erishildi.

Tuman adliya bo‘limiga Nasiba Bozorova Davlatimiz rahbarining 2019 yil 3 mayda qabul qilingan “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan murojaat qildi. U o‘z murojaatida 1991 yil tarix fani bo‘yicha o‘tkazilgan umumta’lim fanlari Respublika olimpiadasida qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, lekin shu kunga qadar qarorda ko‘rsatilgan ustama pullarni olmaganligini bildirgan. Tuman adliya bo‘limining o‘rganishlari davomida murojaatchiga to‘lanmay kelinayotgan mablag‘lar undirib berishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Mingbuloqlik Zavraxon Tursunova ishlagan davri davomida ismini turli tarzda qayd etilganligi yuzasidan qilgan murojaati yuzasidan adliya bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudiga fuqaro manfaatini ko‘zlab kiritilgan da’vo arizasi asosida uning ishlagan davrlari fakti belgilanishiga erishildi. Yana bir fuqaro Tursunoy Yunusova farzandining o‘lim faktini belgilashda amaliy yordam so‘rab tuman adliya bo‘limiga murojaat qiladi. Adliya bo‘limi tomonidan kerakli hujjatlar to‘planib, o‘lim faktini belgilash yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudiga davo ariza kiritildi va murojaat ijobiy hal etildi.

“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da Namangan viloyati adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlariga fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarga alohida e’tibor qaratilib, ularning qonuniy manfaatlari ta’minlab kelinyapti.

A’zamjon Xudoynazarov
Mingbuloq tumani adliya bo‘limi bosh maslahatchisi