Янгиликлар
Yuridik markazi tomonidan maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagogik xodimlari toifasi uchun tegishli to'lovlar amalga oshirilmaganligi aniqlandi!
Yangiqo‘rg‘on tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi «Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5168-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida faoliyat olib bormoqda. Nizomning 17-bandida markaz xodimi yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarda, shuningdek uning tarkibiy tuzilmalarida qonun buzilishi holatlari aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori turuvchi organga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi majburiyat ekanligi belgilangan.
Yangiqo‘rg‘on tuman markazi tomonidan monitoring davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-iyuldagi «Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 572-son qarorida navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga ko‘ra malaka toifasi (lavozimi) oshirilgan yoki saqlangan, shuningdek, navbatdagi majburiy attestatsiya natijalariga ko‘ra malaka toifasi (lavozimi) tushirilgan pedagog kadrlarning oylik ish haqlariga kiritiladigan o‘zgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti UzASBO yoki boshqa moliyaviy hisob-kitob dasturlari hamda maktab boshqaruv (ERP) dasturlari bilan integratsiya qilinishi shunindek, Moliya vazirligi hamda hududiy moliya bo‘limilari tomindan yangidan tasdiqlangan malaka toifalari yoki lavozimlarga asosan pedagog kadrlarning oylik ish haqlarini qayta hisob-kitob qilish majburiyati yuklatilgan.
Bundan tashqari, Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021-yil 23-avgustdagi «Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 162-sonli buyrug‘ida xodimlarning toifalari uchun tegishli to‘lovlarni amalga oshirishi belgilangan.
Biroq, monitoring natijalarida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlovchi pedagogik kadrlarga toifasi uchun tegishli to‘lovlar amalga oshirlmayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur qonun buzilish holati yuzasidan tegishli chora ko‘rishda amaliy yordam so'rab tuman adliya bo'limiga xabarnoma berildi.
Yangiqo'rg'on tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi