Янгиликлар
11
Keksalar haftaligi doirasida 100 ga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, 2019 yildan boshlab har yili oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib

Mamlakatimizda yashayotgan har bir inson qalbida insoniylik, mehr-muruvvat, bagʻrikenglik kabi ijobiy xislatlar joy olgan. Xalqimizning ulugʻ qadriyatlaridan biri yoshi ulugʻ insonlarga, keksalarga hurmat-ehtirom koʻrsatish, ularning koʻp yillik hayotiy va mehnat tajribalari asosidagi qadrli maslahatlaridan bahramand boʻlish va duolarini olib yurishdir. Zero, xalqimizning “Qarisi bor uyning – parisi bor”, “Qarilikni donolik bezar” degan hikmatli naqllari bor. Bu bejiz emas, albatta. Ana shu olijanob qadriyat, fazilat bugun davlatimiz siyosatida ham oʻz ifodasini topmoqda. Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ham fuqarolarni ayniqsa, nuroniylarimizni uzogʻini yaqin, mushkulini oson qilish maqsadida Sayyor xizmat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Namangan tumani davlat xizmatlari markazi xodimlari xodimlari “Keksalar haftaligi” doirasida keksalar va nogironligi bor fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida navbatsiz xizmat koʻrsatilmoqda. Shuningdek, markazdan olisda joylashgan hududlarda sayyor xizmat tadbirlarini amalga oshirmoqda.
Namangan tumani, “Mullakuding” qishlogʻida istiqomat qiluvchi Abdurahmon Azizov turmush oʻrtogʻi bilan yaqin kunlarda muborak Umra safariga yoʻl olishlarini aytib, Elektron raqamli imzo kalitini olishda amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan edilar. Davlat xizmatlari markazi xodimlari xonadonga borib sayyor tartibda xizmat koʻrsatdilar. Yana bir nuroniy otaxon Urubboy Mansurov yaqin 50 yil davomida el xizmatiga kamarbasta boʻlib, xalqning farovon turmush kechirishiga hissa qoʻshgan mehnatkashlardan. Keksalar haftaligi doirasida otaxon xolidan xabar olinib, sayyor xizmat koʻrsatildi. Tumaning “Kichik Toshbuloq” mahallasida yashovchi Ravzaxon Qodirova Davlat xizmatlaridan bir necha bor foydalangan. Bu gal kadastr pasportini shakllantirish boʻyicha ariza oʻzining yashash xonadonida rasmiylashtirildi.
“Siz kelmang-oʻzimiz boramiz” aksiyasi doirasida Namangan viloyati boʻylab, sayyor xizmat hamda tushuntirish-targʻibot tadbirlari amalga oshirildi. Unda, nogironligi bor, keksa yoshdagi otaxonu-onaxonlarga 100 ga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi