Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

PREZIDENT HUJJATLARI HAYOTDA VA NAZORATDA


Ma’lumki, bugungi kunda yurtimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalq farovonligini oshirish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xalqimizni hayotdan rozi qilish, aholining hayot darajasi va sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va tegishli hujjatlari asosida joriy etilgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirilishi, «Temir daftar”, «Ayollar daftari” va «Yoshlar daftari” tizimi orqali aholini keng ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, “Mahallabay” tamoyili asosida aholi muammolarini hal etilishi yurtimizdagi millionlab insonlar hayotidagi tub o‘zgarishlarga zamin yaratdi.
Ta’kidlash lozim, aholining hayot darajasi va sifatini oshirish bo‘yicha islohotlarning natijadorligi bevosita ularni amalga oshirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etilishiga bevosita bog‘liqdir. Bu borada Prezidentimizning 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan “Ijro intizomi — islohotlar garovi” tamoyiliga asoslangan yangi tizimni joriy qilish vazifasi yuklatilgan edi.
Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, viloyatimiz bo‘yicha “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali ijro uchun jami 1120 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari kelib tushgan bo‘lib, shulardan: farmon – 172 ta, qaror – 612 ta, farmoyish – 27 ta, bayon – 309 tani tashkil qiladi. Shuningdek, mazkur hujjatlarga asosan jami topshiriqlar soni 8 962 ta bo‘lib, shulardan: 1 244 tasi Farmonlar bo‘yicha, 4 454 tasi qarorlar bo‘yicha, 170 tasi farmoyishlar bo‘yicha, 3 094 tasi esa bayonlar bo‘yicha kelib tushgan.
Mazkur ko‘rsatkichlarning o‘ziyoq, sohaning keng ko‘lamli va ahamiyatga molikligidan dalolat berib, bu borada nazorat va hisobdorlikni yanada kuchaytirishni taqazo etadi.
Darhaqiqat, qayd etilgan Farmon bilan ijro intizomini mustahkamlash borasida Adliya vazirligiga qator vazifalar yuklatilgan bo‘lib, o‘z navbatida, adliya organlari tomonidan qonunchilik hujjatlari ijrosini nazorat qilishda izchil va tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlab o‘tish lozimki, Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan sohada o‘tgan davrda 10 ta davlat organi va tashkilotlari tizimida o‘rganishlar o‘tkazilgan hamda 60 dan ortiq Prezident hujjatlarida berilgan topshiriqlar ijrosi monitoring qilingan.
Aniqlargan holatlar yuzasidan 34 ta taqdimnoma, 98 ta ogohnoma, 69 ta ko‘rsatmalar kiritilib, natijasi bo‘yicha topshiriqlar ijrosida mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan deb topilgan jami 35 nafar xodimlarning itizomiy javobgarlik masalasi hal etilgan.
O‘z o‘rnida, qonunchilik hujjatlarini amaliyotga keng tadbiq etish, ijro intizomi holatini muntazam tahlil qilib borish va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash, muhokama qilish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Darhaqiqat, qabul qilingan Prezident hujjatlarida mazmunan aholi farovonligini ta’minlash ko‘zda tutilar ekan, mazkur hujjatlar ijrosini o‘z vaqtida, to‘laqonli va sifatli ta’minlash borasida barcha darajadagi davlat xizmatchilaridan “shaxsiy mas’uliyat, mustahkam “temir” intizom va tashabbuskorlik”ni talab etadi.
Albatta, ko‘zlangan pirovard maqsad ham “Ijro intizomi – islohotlar garovi” tamoyili asosida jamiyatimiz hayotidagi ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarni tubdan yaxshilash, aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlash, xalqimizni rozi qilishdir. 

Muhammad-Islom Eranov
Viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i.