Янгиликлар
Qonun ustuvorligi halq manfaatiga xizmat qiladi.
Konstitutsiyamizda belgilangan qonun ustuvorligi prinsipi jamiyatimizda inson huquqi va erkinliklarini ta’minlash, barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolatidir.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida huquqiy demokratik davlat qurish, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini ta’minlash, shu orqali tinchlik-totuvlikni asrash hamda uni yanada mustahkamlash kabi ezgu maqsadlar mujassam.
Qonunga rioya qilingan joyda tartib-intizom bo‘ladi, fuqarolarning huquq va manfaatlari ta’minlanadi. Mamlakatda xotirjamlik hukm surishi, aholining osuda hayot kechirishi, erkinliklari muhofaza etilishi, ko‘p jihatdan, ichki ishlar tizimi faoliyatiga bevosita bog‘liq.
Adliya organlarida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini ijrosini tashkil etish sohasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, tanqidiy tahlil asosida izchil va bir xil huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, Yangiqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan monitoring tahlillari davomida, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 214-moddasida, O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasida, O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunning 45-moddasi, davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari pedagog xodimlari davlat sogʼliqni saqlash muassasalarida tibbiy koʼrikdan oʼtishda berilgan imtiyozlarga amda huquqiga rioya etilmagan holda ularning o‘zlarini xisobidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib kelinayotganligi anilanib, Maʼmuriy ishlar bo‘yicha Namangan tumanlararo sudiga mazkur tashkilotlarda ishlovchi xodimlarni manfaatlarini ishonchli himoya qilish maqsadida, kiritilgan shikoyat arizasiga asosan pedagogik xodimlarga tibbiy ko‘rikni bepul amalga oshirish yuzasidan hal qiluv qaror chiqarilishiga erishildi.
Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 99-moddasida (Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilish) xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish muddati tugagandan so‘ng xodim ishni to‘xtatishga haqli, ish beruvchi esa, xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shart. Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugamasdan oldin ham bekor qilinishi mumkin. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan yoki taraflar kelishuvi bo‘yicha belgilangan ogohlantirish muddati davomida xodim bergan arizani qaytarib olishga haqlidir. Agar ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmagan va mehnat munosabatlari davom etayotgan bo‘lsa, xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi ariza o‘z kuchini yo‘qotadi, bunday holda mehnat shartnomasini shu arizaga muvofiq bekor qilishga esa yo‘l qo‘yilmaydi. Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilish haqidagi ariza u o‘z ishini davom ettirishining imkoni yo‘qligi (o‘quv yurtiga qabul qilinganligi, pensiyaga chiqqanligi, saylab qo‘yiladigan lavozimga saylanganligi va boshqa hollar) bilan bog‘liq bo‘lsa, ish beruvchi mehnat shartnomasini xodim iltimos qilgan muddatda bekor qilishi kerak.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 15-bandida Xodim tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi nizolarni ko‘rishda sudlar, xodim o‘z tashabbusi bilan nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini hamda muddatli mehnat shartnomasini tugashidan ikki hafta oldin yozma ravishda ogohlantirib (MK 99-moddasi), bekor qilishga haqli ekanligini e’tiborga olishlari lozim. Mehnat shartnomasini bekor qilishga xodim shu korxonadagi ishni haqiqatda tashlab ketish istagini bildirgan yozma arizasiga binoan yo‘l qo‘yiladi. Sudlar da’vogarning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizani ish beruvchining qistovi natijasida berganligi to‘g‘risidagi vajlarini sinchkovlik bilan tekshirmoqlari lozim. Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusiga ko‘ra ikki haftalik ogohlantirish muddati tugagunga qadar ham ish beruvchi bilan xodimning kelishuviga ko‘ra bekor qilinishi mumkin. Qonunda belgilangan yoki taraflar kelishuviga ko‘ra qisqartirilgan ogohlantirish muddati o‘tmasdan xodimning roziligisiz mehnat munosabatlarini bekor qilish ushbu mehnat shartnomasini tugatishni g‘ayriqonuniy deb topishga va xodimning avvalgi ishiga tiklash haqidagi talabini qanoatlantirishga asos bo‘ladi.
Biroq, tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan Sh.Mamaziyotovaning murojaatini o`rganish davomida uning arizasi ish beruvchining qistovi bilan olinganligi hamda 14 kunlik muddat ichida xodim tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risidagi arizasni qaytarib olish to'g'risidagi ariza ish beruvchi tomonidan asossiz rad qilinganligi sababli mazkur muamma o'z vaqtida va joyida hal qilindi.
Javlonbek Yo'ldashev
Yangiqo'rg'on tuman adliya bo'limi bosh maslaxatchisi