Янгиликлар
Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi Diplom dublikatini olish tartibi soddalashtirildi
Mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko`rsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, ortiqcha byurokratik to`siqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlari ko`rsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2020 yil 5-oktabrdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘’Raqamli O’zbekiston -2030’’ strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora tadbirlari tog’risida’’ PF-6079-son Farmoniga muvofiq Oliy, o’rta maxsus va professional ta’lim to’grisidagi diplomlar dublikatini berish davlat xizmati joriy etildi. Bu bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimida raqamlashtirish borasida yana bir muhim qadam tashlandi.
Endilikda fuqaro tahsil olgan taʼlim muassasasiga borib, ovvora boʻlishiga hojat qolmaydi. Oliy, o’rta maxsus va professional ta’lim to’grisidagi diplomlar dublikatini olish uchun fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali onlayn so’rovnoma to’ldiradi yoki oʻziga yaqin joydagi Davlat xizmatlari markazlariga borib diplom dublikatini olish uchun murojaat qiladi. Ariza beruvchining xohishiga ko’ra, ta’lim to’g’risidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Oliy, o’rta maxsus va professional ta’lim to’grisidagi ta’lim olganlik to’g’risidagi davlat namunasidgi rasmiy hujjatlar va uning dublikati bir hil yuridik kuchga ega bo’ladi. Mazkur qaror harbiy oliy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasasi va akademik litsey diplomi dublikati O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan, davlat va nodavlat kasb-hunar kollejlari va professional ta’lim muassaslari diplomi dublikati Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi bosharuv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti , davlat va nodavlat ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab internetlar diploma dublikati o’z tizimiga kiruvchi ta’lim tashkilotlari bo’yicha O’zbekiston Badiiy akademiyasi O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan beriladi.
Ta’kidlash joizki, mazkur qaror ‘’fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi’’ tamoyiliga ko’ra, dublikat olish tizimini soddalashtirish hamda vaqt va mablag’ sarfini kamaytirish hisobiga ovoragarchiliklarni oldini olishga xizmat qiladi.
Pop tuman adliya bo’limi davlat xizmatlari
markazi bosh mutaxassisi
M.Raimjonova